Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEK MUSIQACHILARINING FRANSIYADAGI YANGI MUVAFFAQIYATLARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEK MUSIQACHILARINING FRANSIYADAGI YANGI MUVAFFAQIYATLARI

Fransiyadagi “Conservatoire Slave de Music” musiqa maktabida IX Aleksandr Glazunov nomidagi simli cholg’ular xalqaro tanlovi bo’lib o’tdi. Ushbu tadbir an’anaviy ravishda dunyoning turli mamlakatlaridan yosh ijrochilarning e’tiborini o’ziga jalb etib keladi.

Joriy yilda mazkur tadbirda Litva, Qozog’iston, Serbiya, Fransiya va O’zbekistondan kelgan 30 nafardan ziyod musiqachi qatnashdi.

Unda R.Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi hamda V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining o’quvchilari mamlakatimizni namoyon qildilar.

Shuni qayd etish joizki, O’zbekiston musiqa maktablarining barcha tarbiyalanuvchilari ushbu tanlovda muvaffaqiyatli qatnashib, birinchi va sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritishdi.

O’z yoshlari toifalarida yosh musiqachilar Karolina Baxteyeva (R.Gliyer nomli litsey) skripkada ijro etish bo’yicha birinchi o’rinni, Sumbur Sarp va Sherzod Baxtiyorov violonchelda ijro etish bo’yicha birinchi o’rinlarni, Farangiz Hidoyatova violonchelda ijro etish bo’yicha ikkinchi o’rinni (V.Uspenskiy nomli litsey) egallashdi.

Bundan tashqari, o’sha kunlari Fransiyaning Gani shahrida bo’lib o’tgan boshqa xalqaro musiqa tanlovida ham o’zbekistonlik yosh musiqachilar muvaffaqiyat qozonishdi. V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining talabasi Komila Sultonova hamda Berdax nomidagi musiqa maktabining 7 sinf o’quvchisi Adelya Salixova mazkur tanlovning laureatlari bo’lishib, uchinchi va sovrinli o’rinni egalladilar.

Xalqaro hay’at a’zolarining fikr bildirishlaricha, har tomonlama rivojlangan va barkamol avlodning tarbiyasi yo’lida O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan ko’rsatilayotgan doimiy e’tibor tufayli o’zbek yosh musiqachilari Fransiyadagi tanlovlarda ajoyib muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritib kelishmoqda.

Xalqaro hay’at a’zosi, san’atshunoslik doktori, Vilnyus Musiqa akademiyasining professori Yurges Dvarionas (Litva) “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida o’zining quyidagi fikr-mulohazalarini bildirdi.

— O’zbekistonlik yosh musiqachilar borgan sari ko’p e’tibor qozonayotganini mamnuniyat bilan qayd etishni istar edim, - dedi u. - Men bu yerda ilk tanlov o’tkazilganidan buyon tadbirning hay’at a’zosi sifatida qatnashib kelaman. Har safar o’zbek yosh musiqachilari va ularning murabbiylari tanlov mukofotlarini qo’lga kirishlari, o’zlarining ajoyib chiqishlari bilan tinglovchilarning olqishiga sazovor bo’lishlari yaxshi an’anaga aylanib qoldi. Bu juda quvonarli holdir. O’zbek musiqachilari nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki Yevropa va jahon miqyosidagi nufuzli mukofotlarni allaqachon qo’lga kiritishgan. Bugungi yakuniy konsertda ham o’zbekistonlik yosh skripka va violonchel cholg’uvchilari o’zlarining juda samimiy chiqishlari bilan barchaning e’tiborini qozonishdi. Ular kata tayyorgarlik bilan kelishgani bilinib turibdi. Ularni katta kelajak kutmoqda, deb o’ylayman.

“Jahon” AA, Parij