Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEK PAZANDACHILIGI AN’ANALARI LATVIYA TELEKANALIDA NAMOYISH ETILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEK PAZANDACHILIGI AN'ANALARI LATVIYA TELEKANALIDA NAMOYISH ETILDI

Latviyaning LTV1 telekanalida “Cult Food” pazandachilik dasturining O’zbekiston mintaqalari milliy oshxonasi an’analariga bag’ishlangan maxsus ko’rsatuvi namoyish etildi.

Mamlakatimizning tarixiy-madaniy merosi va o’zbek xalqining milliy oshxonasi ne’matlari haqida hikoya qilgan ushbu ko’rsatuv uch qismdan iborat bo’ldi.

U Toshkent, Samarqand, Buxoro, Marg’ilon, Rishton va boshqa tarixiy shaharlarning noyob me’moriy yodgorliklari hamda diqqatga sazovor maskanlarini qamrab oldi.

O’zbekistonning to’qimachilik va qishloq xo’jaligi sohasidagi salohiyati ham ko’rsatuv mualliflari tomonidan atroflicha yoritildi. Xususan, tomoshabinlar Marg’ilon ipagi, gilamlari, mashhur Samarqand qog’ozi tayyorlanishi, zamonaviy texnologiya asosida o’zbek sholisini yetishtirish va hosilni yig’ib olishdagi o’ziga xosliklar bilan yaqindan tanishdilar. Farg’ona viloyati aholisining to’y an’analari va urf-odatlari haqidagi atroflicha ma’lumotlar ham latviyaliklarning e’tiboriga havola qilindi.

Dasturda respublikamizning turli mintaqalarida o’zbek palovini tayyorlashning o’ziga xosliklari, masalliqlarni to’g’ri tanlash bilan bog’liq masalalar haqida alohida fikr yuritildi. Shuningdek, uy sharoitida tayyorlanadigan o’zbek somsasi, manti, lag’mon, kaboblarning bir necha turi, Samarqand va Farg’ona nonlarining tayyorlanishi xususidagi atroflicha ma’lumotlar ham taqdim etildi.

“Jahon” AA, Riga