Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEK XALQINING BUYUK FARZANDI XOTIRASINI ABADIYLASHTIRISH YO‘LIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEK XALQINING BUYUK FARZANDI XOTIRASINI ABADIYLASHTIRISH YO‘LIDA

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga tegishli bo‘lgan yuzlab muhim tarixiy hujjatlar, shaxsiy buyumlar, rasmlar, suratlar va videomateriallar ilk bor keng ommaga havola etiladi.

O‘zA muxbiri bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbari, tarix fanlari doktori, professor Temur Shirinov bilan suhbatlashdi.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvarda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida"gi hamda 2017-yil 25-apreldagi "O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarorlariga muvofiq izchil ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Ko‘cha va xiyobonlar, me’moriy inshootlar va ta’lim muassasalariga u kishining nomi berildi. Birinchi Prezidentimiz hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy seminarlar o‘tkazilmoqda.

– O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi uchun nega aynan Oqsaroy qarorgohi tanlandi?

– Islom Karimov shaxsining tarixiy rolini abadiylashtirish, shuningdek, Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasini tashkil qilishning tashabbuskori Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevdir. Davlatimiz rahbari majmuani Birinchi Prezidentimizning sobiq qarorgohida joylashtirish, uning ish kabinetini Islom Karimov hayotligida qanday ko‘rinishda bo‘lsa, o‘sha holda o‘zgarmas qilib saqlab qolish taklifini bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tarixiy o‘rni va mamlakatimiz ko‘p asrlik o‘tmishidagi ulkan xizmatlarini yuksak hurmat-e’tibor bilan munosib e’tirof etdi. Xususan, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, "Birinchi Prezidentimiz o‘tgan asrning 90-yillarida keskin muammolar, millatlararo mojarolar girdobiga tushib qolgan yurtimizni o‘zining yuksak rahbarlik salohiyati, jasorat va matonati bilan mudhish fojialardan omon saqlab qoldi, Vatanimizni katta taraqqiyot yo‘liga olib chiqdi. Bu yo‘lda o‘zining kuch-g‘ayrati, aql-zakovati, bilim va tajribasini ayamadi. Bu, hech shubhasiz, tom ma’noda qahramonlik va fidoyilik namunasi bo‘lib, tariximizda mangu muhrlanib qoladi".

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining umumiy maydoni 9,6 gektarni tashkil etadi. Majmua Oqsaroy qarorgohi, ko‘rgazmalar zali, kutubxona, anjumanlar zali va ma’muriy binolarni o‘z ichiga oladi. O‘zbek xalqining iftixoriga aylangan Oqsaroyda Islom Karimov muzeyi ham joylashgan.

Toshkent va Samarqand shaharlarida Buyuk Yo‘lboshchimizning haykallari o‘rnatilgani, 2018 yil yanvar oyida Samarqandda yodgorlik majmuasining ochilishi xalqimizning unga nisbatan, mamlakatimiz mustaqilligini qo‘lga kiritish, milliy davlatchiligimizni qurishga qo‘shgan ulkan hissasiga hurmat va ehtiromi ifodasidir. Bu yosh avlodni Islom Karimov hayoti va faoliyati misolida vatanparvarlik, Vatan taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi shubhasiz.

– Majmua zimmasiga qanday vazifalar yuklatilgan?

– Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining asosiy vazifalari Islom Karimovning zamonaviy O‘zbekiston asoschisi va me’mori, O‘zbekistonning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari bunyodkori, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi nufuzini mustahkamlagan buyuk shaxs sifatidagi hayoti va faoliyatini, shuningdek, uning axloqiy va insoniy fazilatlarini o‘rganishdan iborat. Bunday yondashuv mamlakatimizning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va rivojlanishini namoyish qilish, aholi, avvalo yoshlar va xorijlik mehmonlarni O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘li bilan tanishtirish, yurtimiz yutuqlarini targ‘ib qilish hamda yosh avlodni tarixiy va siyosiy madaniyat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

Majmua xodimlari Islom Karimov hayoti va faoliyati bilan bog‘liq kitob, katalog, buklet va boshqa materiallarni nashr qilish va tarqatish, kolleksiya va buyumlarni saqlash
, hisobini yuritish va ko‘rgazmalarga qo‘yish, muzey ashyolari va to‘plamlari ma’lumotlar bazasini shakllantirish, yuritish va yangilab borish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, biz muzey ashyolari va to‘plamlarini bosma va elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasi Milliy muzey fondiga kiritish bo‘yicha takliflar ham tayyorlashimiz mumkin.

O‘ziga yuklatilgan vazifalarni ijro etish maqsadida yodgorlik majmuasi xalqaro tashkilotlar, joylardagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi, davlat hokimiyati va o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatgan. Milliy qonunchilikka muvofiq, bu yerda tarixiy ashyolar, moddiy madaniyat yodgorliklari va arxiv hujjatlarini munosib saqlash, asrab-avaylash, hisobini yuritish, o‘rganish va ulardan foydalanishni ta’minlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Nashr qilinayotgan bosma, kinematografik, badiiy va boshqa materiallar hamda mahsulotlardagi ma’lumotlarning tarixiy haqiqatga mosligi yuzasidan ekspert xulosasini taqdim etamiz. Shuningdek, majmuaga O‘zbekiston va davlat qurilishi sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, madaniyat, ilm-fan, ta’lim, ma’rifat, sport, san’at va ijod sohalarida izlanayotgan yosh iste’dodlar uchun grant va stipendiyalar ta’sis etish va tayinlash huquqi berilgan.

Majmuada Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va boshqa ma’rifat maskanlari bilan hamkorlik qiladigan maxsus kutubxona tashkil etildi, birgalikda ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bugungi kunda xalqaro muzeylar hamjamiyati manfaatlarini ifoda etish, madaniy yodgorliklarni himoya qilish, saqlash va yetkazish bilan shug‘ullanuvchi ICOM xalqaro tashkilotiga qo‘shilish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, majmua negizida rasmiy doiralar vakillari, mamlakatimiz va xorijning taniqli siyosat, fan va jamoat arboblari ishtirokida O‘zbekiston tarixi va davlatchiligiga bag‘ishlangan anjuman, simpozium, seminar, brifing, davra suhbatlari, Islom Abdug‘aniyevich Karimovni shaxsan tanigan, bilgan odamlarning xotiralari bilan tanishuv kechalarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda majmua O‘zbekistonda va chet ellarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirishi, maslahat va boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin.

– Majmua negizida qanday ilmiy va ma’rifiy ishlar olib boriladi?

– Majmua negizida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning hayoti va faoliyatini, jumladan, uning rahnamoligida amalga oshirilgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-madaniy islohotlarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Birinchi Prezidentimizning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan dissertatsiya ishlarining ilmiy mavzulari ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda kelishiladi.

Islom Karimov hayoti va faoliyatining turli jihatlariga bag‘ishlangan mahorat saboqlari, ijodiy kecha, ko‘rgazma, seminar, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish rejalashtirilgan. Maktab, litsey, kollej o‘qituvchilari uchun fuqarolik jamiyati asoslari, davlat boshqaruvi nazariyasi va amaliyoti, milliy g‘oya, O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi, ma’naviyat asoslari, mamlakatimizning eng yangi tarixi bo‘yicha maxsus qisqa muddatli tayyorlov o‘quvlari o‘tkaziladi.

– Muzeyni tashkil etish ishlari, unda qo‘llanadigan texnologiyalar haqida so‘zlab bersangiz.

– Muzey ekspozitsiyasi noyob hujjatlar va Birinchi Prezidentimizning shaxsiy buyumlaridan iborat bo‘ladi. Masalan, bu yerda "Mugunxva" Katta ordeni (Koreya Respublikasi), Italiya Respublikasi Katta Xoch Sohibining "Xizmatlari uchun" ordeni, "Oltin Burgut" ordeni (Qozog‘iston), Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining Oltin medali, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining Oltin ordeni, Xalqaro havaskorlar sambo federatsiyasi Oltin ordeni hamda Islom Karimov hayotligida sazovor bo‘lgan boshqa mukofotlar namoyish etiladi.

Muzeyda sovg‘alar, esdaliklar, foto va videomateriallar, rasmlar to‘plami jamlanadi. Islom Karimovga turli materiallardan ishlangan va turfa badiiy uslublarda chizilgan ko‘plab portretlar sovg‘a qilingani unga nisbatan ulkan hurmat-e’tibordan dalolat beradi.

Muzey fondi va ekspozitsiyalari tasdiqlangan konsepsiyaga muvofiq tarixiy ashyolar, moddiy yodgorliklar, arxiv hujjatlaridan shakllantirilmoqda. Buyuk Yo‘lboshchimizning hayoti va faoliyatidan so‘zlovchi bir necha ming
eksponat tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Muzey unga keluvchilarni ulkan multimedia ma’lumotlari bazasi bilan tanishtirish uchun eng yangi texnika vositalari, qo‘shimcha voqelik proyeksion tizimlari, keng formatli ekranlar, ilg‘or interfaol axborot portlari bilan jihozlanadi. Bugungi kunda Islom Karimovga bag‘ishlangan materiallar joylashtirib borilayotgan sayt faoliyat yuritmoqda, unda virtual sayohatlar o‘tkazish uchun 3D panoramalar imkoniyatlaridan foydalanilmoqda.

– Majmua tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash bo‘yicha qanday tadbirlar tashkil etiladi?

– Birinchi Prezidentimiz tavalludining 80 yilligini nishonlash doirasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov faoliyatiga bag‘ishlangan kitob, Islom Karimovning “Yoshlar bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchidir”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlari, shuningdek, “Prezidentga maktublar” kitobi taqdimotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Samarqandda “Islom Karimov – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoschisi” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 2018 yilning birinchi choragida “Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Tanlov ishtirokchilarining eng namunali ishlari alohida to‘plamda nashr qilinadi va majmuamiz rasmiy saytida joylashtiriladi.

Barcha ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi majmuada ham taniqli adib va olimlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti xotirasiga bag‘ishlangan uchrashuvlar tashkil etiladi.

Buyuk shaxslarning ishlari tarix silsilasi va butun xalqlar taqdirini belgilab beradi. Buyuk davlat arbobi va siyosatchi, mustaqil O‘zbekiston asoschisi va Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz ma’naviyati va turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan ulkan bunyodkorlik ishlari va keng miqyosli islohotlarni amalga oshirgan shaxs sifatida tarix zarvaraqlarida mangu muhrlanadi.

www.uza.uz