O’ZBEK XALQINING QUTLUG’ BAYRAMI IZMIRDA NISHONLANDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Turkiyaning Izmir shahrida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 24 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi. U mamlakatimizning Istambuldagi Bosh konsulligi tomonidan O’zbekiston do’stlari assotsiatsiyasi bilan o’zaro hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbir chog’ida Turkiya jamoatchiligi, Izmirda tahsil oladigan o’zbek talabalari hamda O’zbekiston do’stlari assotsiatsiyasining faollari Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to’rt yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi so’zi bilan yaqindan tanishdilar.
Bundan tashqari, O’zbekistonning tarixi va zamonaviy taraqqiyoti, respublikamizda muvaffaqiyat bilan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari hamda ularning jahon hamjamiyati tomonidan o’z e’tirofini topayotgani xususida ham fikr yuritildi.
Bayram tadbirida so’zga chiqqan O’zbekiston do’stlari assotsiatsiyasining raisi G.Donmez ushbu muhim milliy bayram munosabati bilan o’zbek xalqiga o’zining samimiy qutlovlarini izhor etdi. U, jumladan, Imom al-Buxoriy, Imom Moturidiy, Bahovuddin Naqshband va boshqa ko’plab buyuk mutafakkirlarimiz jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo’shganini alohida qayd etdi.
“Jahon” AA, Istambul