Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEK ZAMINI NOZ-NE’MATLARGA MO’LDIR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEK ZAMINI NOZ-NE'MATLARGA MO'LDIR

Yurtimizda ayni pishiqchilik. Bozorlarga kirsangiz, noz-ne’matlarning ko’pligidan ko’zingiz quvnaydi. Ular orasida tilimi tilni yorar qovunning o’z o’rni bor.

Biroq hamma ham bu lazzatli ne’matning bo’rikalla, asadi, obinovvot, toshloqi, bekzodi, oqnovvot, ko’kcha, gulobi, qo’ybosh, umrvoqi, arkoni kabi navlari borligini bilavermaydi. Shunday ekan, qovunni xarid qilgach, polizini surishtirib, nomini bilib qo’yish ham ziyon qilmaydi.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2008 yil 20 oktyabrdagi “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni polizchilik istiqbollari uchun yanada keng yo’l ochib berdi. Unga muvofiq paxta ekin maydonlari qariyb 100 ming gektarga qisqartirilib, bo’shagan maydonlarga sabzavot, poliz, kartoshka va ozuqa ekinlari ekilmoqda. Buning samarasida yaqin yillarda meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirish hajmi 2014 yildagiga nisbatan kamida 2-3 barobar ko’payishi kutilmoqda.

Yurtimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot va poliz mahsulotlari servitamin va ekologik tozaligi bilan inson salomatligi uchun koni foyda. Ayniqsa, qovunning xususiyatlari beqiyos.

Qovun tarkibida 18 foizgacha qand, 8-20 foiz quruq modda, 0,2-35,2 milligramm S, RR vitaminlari, folat kislotasi, kaliy, natriy, kaltsiy, magniy, temir, fosfor va boshqa elementlar mavjud. Bu, qovun nafaqat oziq-ovqat mahsuloti, ayni paytda shifobaxsh ne’mat ekanligidan dalolatdir.

Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino “Qovun urug’i va po’sti tomirlarni kengaytiradi, terini tozalaydi. Urug’i oftob urishidan saqlaydi, sepkil va bosh qazg’og’ini yo’qotadi. Pishgani ham, sapcha qovun ham peshob haydash xususiyatiga ega. Buyrak, qovuq va jigardagi toshlarni yo’qotadi”, deb yozgan.

Xalq tabobatida qovun jigar, buyrak, yurak, oshqozon, o’pka va boshqa a’zolar faoliyatini yaxshilaydigan, odamni tetiklashtiruvchi, niqriz (podagra)ni davolovchi, peshob haydovchi, qabziyatdan xoli qiluvchi, asabni tinchlantiruvchi shifobaxsh ne’mat sifatida qo’llaniladi. Darmonsiz, kamqon bemorlarga qovun tavsiya qilinadi. Biroq allergiya, qandli diabet va boshqa kasalliklarda qovun iste’mol qilishda ehtiyot bo’lish talab etiladi.

Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» asarida shunday yozadi: «Movarounnahrda Buxoro qovunicha ko’p va xub qovun bo’lmas. Agarchi Farg’ona viloyatidin Axsining bir nav’ qovunikim, «mirtemuriy» derlar, muning qovunidin chuchukroq va nozukroq bo’lur, vale Buxoroda har qovundin ko’p bo’lur va yaxshi bo’lur».

Ha, o’zining xushxo’rligi va lazzatliligi bilan butun dunyoga dong taratgan yuzlab qovun navlari faqat bizning yurtimizgagina xosdir.

O’zbekiston Qishloq va suv xo’jaligi vazirligidan ma’lum qilishlaricha, mamlakatimizda har yili o’rtacha 90 ming gektar maydonda qovun-tarvuz ekilib, gektaridan 250-300 sentnerdan hosil olinmoqda. Oxirgi o’n yilda poliz mahsulotlari yetishtirish hajmi 7,8 marotaba o’sdi. Bu ichki bozorni qovun-tarvuz kabi ne’matlar bilan to’ldirish barobarida, eksport qilish imkoniyatini kengaytirdi.

Betakror ta’mi, xushbo’y hidi, tabiiy darmondorilarga boyligi bilan barcha sevib iste’mol qiladigan qovunlar nomlaridagi ma’no ham beixtiyor kishini zavqlantiradi. Gulobi (gul suvi singari shirin), obinovvot (novvot suvi), shakarpora (shakarning bir bo’lagi), shirinpo’choq (po’chog’igacha shirin) kabi nomlar yurtimizda mazali qovun navlari ko’pligidan dalolatdir.

Ta’kidlash joizki, qovun navlariga nom berishda tashqi ko’rinishi, ta’mi, urug’ining rangi, pishish muddati singari sifatlarga alohida e’tibor berilgan. Misol uchun, asad oyida yetilgan qovunlar asad deb ataladi. Buxorodagi cho’l qovunlari, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo viloyatlaridagi lalmi qovunlar, Xorazm va Qoraqalpog’istondagi qayir qovunlar ekiladigan joy xususiyatiga qarab nomlangan bo’lsa, ba’zi navlar kelib chiqish hududiga nisbatan nomlangan.

Hozir har bir tumanda polizchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo’jaliklari faoliyat yuritmoqda. Qolaversa, aholi o’z tomorqalarida turli-tuman qovun navlarini yetishtirishni kanda qilmaydi. Bunda sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining o’z o’rni bor. O’tgan yili ushbu institut jamoasi dehqonlarga serhosil qovun urug’larini yetkazib berdi.

— Yurtimiz qovunlarining dovrug’ini oshirish, mahalliy navlarni tiklash, hasharotlarga chidamli yangi navlarni ko’paytirish, aholining poliz mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish faoliyatimizning asosini tashkil etadi, - deydi O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Rafiqjon Hakimov. - Mo’l hosil olish qovun yetishtirish agrotexnikasiga qay darajada e’tibor berilishiga bog’liq. Aytaylik, ekin ko’p sug’orilsa, mag’zidagi shira kamayadi. Shuning uchun yer osti suvlari past joylashgan, qumloq maydonlarda ekinni ikki-uch marta sug’orish yetarli. Qovun palaklarini oziqlantirishda asosan mahalliy o’g’itdan foydalanilsa ekologik toza mahsulot olinadi.

Seleksionerlarimiz yaratgan qovun navlari yilning turli fasllarida pishib yetiladi. Umrboqiy, qo’ybosh, gulobi kabi kechpishar navlarni ko’klamgacha saqlash mumkin. Qovun nafaqat sarxil holida iste’mol qilinadi, balki uni qayta ishlash ko’lami ham kengayib bormoqda. Jumladan, Surxondaryo viloyatidagi “Invest Surxon” mas’uliyati cheklangan jamiyati, Qashqadaryo viloyatidagi “Nasafmevasabzavoturug’”, Toshkent viloyatidagi “Master global plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, Gurlan tumanidagi “Bozor” kabi fermer xo’jaliklarida qovun qoqi va murabbosi tayyorlash hamda eksport qilish yo’lga qo’yilgan.

Davlatimiz rahbari 2014 yil 5-6 iyun kunlari bo’lib o’tgan “O’zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqida ta’kidlaganidek, O’zbekistonning ko’plab mintaqalari qisqa muddatda jahon bozorida xaridorgir bo’lgan meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiradigan va eksport qiladigan hududlarga aylandi. So’nggi uch yilda eksport qilinayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 3 barobardan ziyod oshdi. Misol uchun, Xorazm viloyatidagi “Shovot Qoraqum” fermer xo’jaligida yetishtirilgan qovun Rossiyaga, sirdaryolik dehqonlar yetishtirgan qovunlar Latviyaga eksport qilinmoqda.

Bunga Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi “Oltin voha agroinvest” agrosanoat korxonasi faoliyati ham misol bo’la oladi. Mazkur jamoa joriy yilda 34 gektar maydonda intensiv usulda qovunning ertapishar jiyan navini parvarishladi. Ayni paytda mahsulot zamonaviy texnologiyalar yordamida qadoqlangan holda “NUSI” savdo belgisi ostida Rossiya, Germaniya va Yevropaning bir qator davlatlariga eksport qilinmoqda. Bu saxovatli ona zaminimiz noz-ne’matlarining yuqori nufuzga ega bo’lgan haqiqiy brendga aylanib borayotganining yaqqol tasdig’idir.

— Ko’chatni oldindan o’stirish usulini qo’llagan holda qovun urug’lari maxsus qorishmaga ekilib, nihollar 2-4 barg chiqargunga qadar issiqxona sharoitida parvarishlandi, - deydi korxona direktorining o’rinbosari Abdulhay Nomozov. - Bahorgi ob-havo sharoitidan kelib chiqib, nihollar mart oyining ikkinchi yarmida “Tunnel” va “Termos” usullari asosida plyonka ostiga o’tqazildi. Aytish joizki, bu jarayonda Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Qashqadaryo viloyati va Koson tumani hokimliklari, Fermerlar kengashi, hamkor fermerlarning yordami katta bo’ldi.

Mutaxassislarning aytishicha, yangi texnologiyaning afzalligi shundaki, u ekin uchun kerakli bo’lgan haroratni saqlab, o’sishini jadallashtiradi. Natijada qovun o’rtacha 25-30 kun ilgari pishib yetiladi. Bahorgi murakkab ob-havoga qaramay, qovun may oyi oxirida uzila boshlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, har gektar maydondan 15-20 tonna hosil olinmoqda.

Keyingi yillarda zamonaviy sovutgichli omborxonalar barpo etilib, takomillashtirilgan qadoqlash texnologiyalaridan foydalanilayotgani qovun eksporti hajmini kengaytirdi. Masalan, “Oltin voha agroinvest” dalalaridan uzilgan qovunlar maxsus qutilarda qadoqlanib, Koson tumani va Qarshi shahridagi zamonaviy sovutgichli kameralarda ma’lum muddat saqlanadi. Qovun neytral muhitda kerakli darajada sovitilgach, avtopoyezdlarga yuklanadi. Shu tariqa o’zbek qovunlarini chet ellik xaridorlarga palagidan yangi uzilgandek holda tortiq qilish yo’lga qo’yildi.

Bugungi kunda tashqi bozorda yurtimiz qovunlariga talab yuqori. Buni inobatga olgan holda, dehqonlarimiz mahsulotni ko’paytirish va uni jahon bozoriga ko’proq olib chiqish choralarini ko’rmoqda.

WWW.UZA.UZ