Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“O’ZBEKISTON - AFG’ONISTON ALOQALARI AN’ANAVIY RAVISHDA DO’STONA MOHIYAT KASB ETADI”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“O'ZBEKISTON - AFG'ONISTON ALOQALARI AN'ANAVIY RAVISHDA DO'STONA MOHIYAT KASB ETADI”

Mamlakatimizning Afg’onistondagi elchixonasida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 24 yilligiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Unda Afg’oniston Islom Respublikasi hukumati va parlamenti a’zolari, Kobulda akkreditatsiyadan o’tgan diplomatiya missiyalarining rahbarlari, ishbilarmon va akademik doiralar hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir qatnashchilari mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan izchil rivojlanishini hamda xalqimiz turmush darajasining barqaror yuksalishini ta’minlashga yo’naltirilgan islohotlar natijasida qo’lga kiritilgan keng ko’lamli o’zgarishlar haqidagi ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar. Bunda sanoat korxonalarini modernizatsiyalash, texnologik jihatdan qayta jihozlash, sarmoyaviy muhitni yanada takomillashtirish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlarga hamda ijtimoiy va infratuzilmaviy rivojlanishga yo’naltirilgan davlat dasturlarining hayotga tadbiq etilishi bilan bog’liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Afg’oniston savdo va sanoat vaziri Muhammad Humoyun Raso O’zbekiston va Afg’oniston o’rtasidagi o’zaro aloqalar an’anaviy ravishda do’stona mohiyat kasb etishini ta’kidlar ekan,ikki tomonlama savdo-sotiq hajmlari yanada oshishiga umid izhor etdi.

Uning aytishicha, o’zbek mutaxassislari tomonidan “Hayraton-Mozori Sharif” temir yo’lining qurilgani Afg’oniston Islom Respublikasi iqtisodiyotini qayta tiklashda O’zbekistonning amaliy hissasi bo’lgani barobarida u ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish borasida muhim rol o’ynadi.

O’z navbatida, Afg’onistonning “Brishna Shirkat” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Abdul Razzoq Samadiy katta yordam va samarali hamkorlik uchun respublikamizga minnatdorlik bildirdi. U suveren rivojlanish yillari davomida O’zbekiston erishgan keng qamrovli muvaffaqiyatlar juda katta e’tibor va iftixorga loyiq ekanligini alohida ta’kidladi.

Tadbir nihoyasiga yetgach, taniqli “Obshor” musiqa jamoasi ishtirokida tayyorlangan konsert dasturi davra suhbati qatnashchilarining e’tiboriga havola qilindi. Mazkur madaniy guruh yaqinda Samarqandda bo’lib o’tgan “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivalida Afg’oniston milliy madaniyatini namoyish etdi.

O’zbekiston elchixonasida o’tkazilgan mazkur tadbir mahalliy ommaviy axborot vositalarida atroflicha yoritildi. Jumladan, Afg’oniston Milliy televideniyesi birinchi kanalining yangiliklar dasturi hamda ommabop “Daily Afghanistan” gazetasida bu haqdagi maxsus reportajlar mushtariylarning e’tiboriga havola qilindi.

“Jahon” AA, Qobul