Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON AVTOMOBILSOZLIK SALOHIYATI TURINDAGI XALQARO KO’RGAZMADA NAMOYISH ETILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON AVTOMOBILSOZLIK SALOHIYATI TURINDAGI XALQARO KO'RGAZMADA NAMOYISH ETILDI

Iltaliyaning Turin shahrida bo’lib o’tayotgan “Affidabilità & Tecnologie” (“Ishonchlilik va texnologiylar”) xalqaro ko’rgazmasi doirasida mamlakatimizning Rimdagi elchixonasi va Pyemont viloyati Savdo-sanoat palatasi tomonidan “O’zavtosanoat” aksionerlik kompaniyasi bilan hamkorlikda “Avtomobilsozlik: O’zbekistondagi salohiyat va imkoniyatlar” mavzusida taqdimot o’tkazildi.

2015-yilda “Affidabilità & Tecnologie” xalqaro ko’rgazmasida 310 ta kompaniya hamda 10 mingdan ortiq tashrif buyuruvchilar ishtirok etishdi.

Ko’rgazmaning bu yilgi asosiy mavzusi avtomobilsozlik sohasida yangi raqobatbardosh innovatsiyalarni yaratish masalasi atrofida to’xtalgani sababli O’zbekiston avtomoblisozligi erishgan yutuqlar ishtirokchilar diqqat markazida bo’ldi.

Ko’rgazmaga tashrif buyurgan kompaniya rahbarlarida O’zbekiston qisqa muddat davomida avtomoblisozlik singari yangi sohani o’zlashtigani katta qiziqish uyg’otdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari Chevrolet, Isuzu, MAN kabi mashxur kompaniyalar bilan muvafaqqiyatli hamkorlik o’rnatgan O’zbekiston avtomoblisozlik sanoati rivojlanishiga yuksak baho berdilar.

Tadbirni ochib berarkan, Pyemont viloyati Savdo-sanoat palatasi bosh kotibi Guido Bolatto Italiya kompaniyalari mamlakatimiz bozorida muvafaqqiyatli faoliyat yuritayotgani hamda o’zbek kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

Uning fikriga ko’ra, ikki mamlakat o’rtasidagi tovar aylanmasi 2014-yilda o’tgan yilga nisbatan 64 % ga ortganligi italiyalik ishbilarmon doira vakillarining qiziqishiga sabab bo’lgan. – Bugun O’zbekiston iqtisodiyotning barcha sohalarida barqaror rivojlanayotgan mamlakat hisoblanadi. Avtomobilsozlik sohasi mamlakatda sanoat tarmoqlarini yangi texnologiyalar kiritish orqali modernizatsiya qilishga ko’mak beradigan iqtisodiyotning yetakchi sohalaridan biri hisoblanadi, - dedi u.

Pyemont viloyati gubernatori xalqaro ishlar bo’yicha o’rinbosari Guliya Markon o’tgan yili viloyat delegatsiyasi O’zbekistonga muvafaqqiyatli tashrif uyushtirganini aytib o’tdi. Joriy yil ohirida Italiya kichik va o’rta biznes vakillaridan iborat yangi delagatsiya tashrifi rejalashtirilganini ma’lum qildi. Bu esa Italiya ishbilarmon doira vakillarining mamlakatimizda yaratilgan sarmoyaviy-iqtisodiy imkoniyatlarga katta qiziqish bildirayotganidan dalolat berishini ta’kidladi.

Shuningdek, tadbirda 2009-yil 27-aprelda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda filiali ochilgan Italiya Turin universiteti rektori Marko Jili so’zga chiqdi.

U mazkur universitet yuqori texnologiyali sanoat sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish hamda oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga hissa qo’shishda davom etishini aytib o’tdi.

— Hozirda universitetda 700 ta talaba ta’lim olayotir, shundan 35 nafar magistr Turinda o’qishni davom ettirmoqda. Turin universiteti faoliyatining kengayishi taraqqiyotning “o’zbek modeli” xalqaro standartlar asosidagi mukammal ta’lim tizimini joriy etishni ham qamrab olganligidan dalolat beradi, - dedi u.

Ko’rgazmada “Italiya-O’zbekiston” Savdo-sanoat palatasi prezidenti Luidji Iperti tomonidan qilingan taqdimot mamlakatmizda tashkil qilingan qulay investitsiyaviy muhit haqida batafsil ma’lumot berdi.

O’z navbatida, “O’zavtosanoat” aksionerlik kompaniyasi ham O’zbekiston avtomobil sanoatining zamonaviy taraqqiyoti va istiqbollari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

“CORNAGLIA SPA”, “FIMS”, “GHIGGIA INGEGNERIA D’IMPIANTI”, “ICOM Impianti di lavaggio industrial”, “IDEST”, “INGLASS”, “MATRIX”, “MECAPROM TCO ITALIA SRL”, “MTM”, “OMS”, “ROTOTECH SRL”, “SAMEC”, “SICOMAT”, “TELMA”, “SO.ME.L.”, “SOCIETA MECCANICA LEVONESE – SPA”, “TECNOCAD PROGETTI”, “TESSITURA MABIEL SRL”, “TIESSE ROBOT SPA”, “TORINO DESIGN” va boshqa Italiya kompaniyalari O’zbekiston avtomobilsozlik sanoati sohasida hamkorlik qilish istagini bildirdilar.

Tadbir doirasida o’tkazilgan kooperatsion birjada istiqbolli loyihalar hamda kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

“Jahon” AA, Rim