O’zbekiston Badiiy akademiyasida misrlik mehmonlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Badiiy akademiyasida “Misr-O’zbekiston” do’stlik jamiyatining raisi Rufat Muhammad Sakar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
Mehmon Badiiy akademiya rahbariyati tomonidan Kamoliddin Behzod nomidagi Rassomchilik va dizayn instituti bilan hamkorlikda tayyorlangan memorandum loyihasi bilan tanishdi. Mazkur memorandum O’zbekiston va Misr tasviriy san’ati vakillari o’rtasidagi o’zaro madaniy aloqalarning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Tomonlar bunday madaniy almashinuvlar ikki mamlakat o’rtasidagi madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlikning yanada rivojlanishiga ko’mak berishini ta’kidladilar. O’zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy sayti tarqatgan xabarga qaraganda, uchrashuv iliq va do’stona ruhda o’tdi. Unda kelgusidagi ijodiy hamkorlikning rejalari belgilab olindi.
“Jahon” AA