Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston baliqchilik sanoati delegatsiyasi Germaniyaga tashrif buyurdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston baliqchilik sanoati delegatsiyasi Germaniyaga tashrif buyurdi

Yaqinda «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi delegatsiyasi Germaniya baliqchilik sanoati va akvakulturasi bilan yaqindan tanishish, zamonaviy texnologiyalarni mamlakatimizga joriy etish hamda hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish maqsadida ushbu davlatga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Germaniyaning baliqchilikka ixtisoslashgan yetakchi «Aller Aqua GmbH», «Emsland-Aller Aqua GmbH» kompaniyalari, «Gesellschaft für Marine Aquakultur» ilmiy markazi, «Institut für Fischerei» ilmiy-tadqiqot instituti hamda «Müritz Plan GmbH», «Forellenzucht Uhthoff GmbH», «Fischzucht Reese» baliqchilik xo‘jaliklarida uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tdi hamda ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qator natijalarga erishildi. Xususan, baliq uchun maxsus (granulalangan) omuxta yem ishlab chiqarishga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri sanalgan «Aller Aqua GmbH» rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar chog‘ida mazkur kompaniyaning zavodini O‘zbekistonda ochish bo‘yicha investitsion loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama etildi.

Tadbir chog‘ida, shuningdek, bugungi kunda O‘zbekiston rahbariyati tomonidan respublikada baliqchilikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda xorijiy sarmoyadorlar uchun beriladigan imtiyozlar haqida atroflicha ma’lumotlar ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi.

«Aller Aqua Group» kompaniyasi prezidenti X.E.Billing respublikamizda baliqchilikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholar ekan, baliqlar uchun omuxta yem ishlab chiqarish zavodini O‘zbekistonda ham ochish bo‘yicha taklifga qiziqish bildirdi.

Bo‘lib o‘tgan do‘stona va qizg‘in muzokaralardan so‘ng «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi va «Aller Aqua Group» kompaniyasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida angashuv memorandumi imzolandi.

Bundan tashqari mamlakatimiz delegatsiyasi a’zolari Germaniyaning shimoliy hududida joylashgan Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori G.M.Arnd bilan uchrashuv o‘tkazdi va ushbu sohada o‘zaro tajriba almashish, mutaxassislar malakasini oshirish, birgalikda ilmiy loyihalar ishlab chiqish kabi masalalarda respublika Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama etishdi.

Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha “Dunyo” AA muxbiri bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Germaniya baliqchilik sanoatining ayrim vakillari o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

“Aller Aqua Group” kompaniyasi prezidenti Xans Erik Byulling:

— “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi delegatsiyasining kompaniyamizning Germaniyadagi tadqiqot markaziga tashrifidan bag‘oyat mamnunman.

Bugungi uchrashuv hamda imzolangan anglashuv memorandumi O‘zbekiston baliq sanoati va akvakulturasi bilan «Aller Aqua Group» kompaniyasi o‘rtasidagi yaqin hamkorlikning boshlanganidan dalolat beradi. Albatta, aloqalarni bugungi yuksak nuqtasiga olib chiqish uchun ko‘p mehnat qilindi. Bunda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasining sa’y-harakatlari alohida ahamiyatga ega. Yaqin kunlarda baliqchilik sohasi bilan yaqindan tanishish, yangi investitsion loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish hamda hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qilish maqsadida O‘zbekistonga “Aller Aqua Group” delegatsiyasini yuborish niyatidamiz. Kelajakda o‘z tajribalarimiz bilan o‘rtoqlashgan holda zamonaviy texnologiyalarimizni joriy etish orqali O‘zbekiston baliq sanoati rivojiga o‘z hissamizni qo‘shmoqchimiz.

“Aller Aqua Research Gmbh” kompaniyasining tadqiqotlar menedjeri Florian Nagel:

— Uyushma rahbariyati, O‘zbekiston Baliqchilik sanoatining yirik ishlab chiqaruvchilari va mazkur sohani moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlashga mas’ul bo‘lgan bank-moliya sohasi vakillari bilan har tomonlar uchun manfaatli bo‘lgan strategik hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish bizga behad mamnuniyat bag‘ishlaydi. Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari atroflicha muhokama etildi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi hamda “Aller Aqua Group” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha Memorandum imzolandi.

O‘zbekistonda yetishtirilayotgan forel, laqqa va osyotr singari baliq turlari uchun ozuqa ishlab chiqarish aynan biz olib borayotan tadqiqotlar va foydalanayotgan texnologiyalarga mos tushadi. Bugun imzolangan hujjat orqali istiqbolda biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun poydevor yaratildi. “Aller Aqua Research Gmbh” kompaniyasi o‘z tajribasi va zamonaviy nou-xau texnologiyalari bilan O‘zbekiston baliqchilik sohasini rivojlantirish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyor. O‘zbek hamkasblarimizga bu borada har tomonlama ko‘mak berish niyatidamiz.

“Dunyo” AA