Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston – Belgiya munosabatlari: ishonch, pragmatizm va hamkorlikning yangi bosqichi istiqbollari

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston – Belgiya munosabatlari: ishonch, pragmatizm va hamkorlikning yangi bosqichi istiqbollari

Siyosiy hamkorlik: barqaror sheriklik va o‘zaro hurmat
O‘zbekiston Respublikasi va Belgiya Qirolligi o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat, tenglik va konstruktiv muloqot tamoyillariga asoslanadi. Belgiya 1991-yil 31-dekabrda O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan, 1992-yil 10-martda esa diplomatik aloqalar o‘rnatilgan. 1995-yilda Bryusselda O‘zbekiston elchixonasi faoliyat boshlagan, Belgiya tomoni esa hamkorlikni Ostona shahridagi diplomatik missiyasi orqali muvofiqlashtiradi.

So‘nggi sakkiz yil ichida O‘zbekiston – Belgiya hamkorligi sezilarli sur’atda rivojlanib, o‘zaro ishonch mustahkamlandi va amaliy hamkorlik yo‘nalishlari kengaydi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Belgiyalar qiroli Filipp o‘rtasidagi muntazam maktub almashuvlari o‘zaro hurmat va do‘stona aloqalarni mustahkamlashga intilishning yorqin ifodasidir.
Hududlararo hamkorlik va gumanitar aloqalar
Hududlararo aloqalar O‘zbekiston – Belgiya munosabatlarining muhim qismi hisoblanadi. Toshkent shahri Kortreyk, Samarqand esa Lyij shahri bilan birodarlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Bunday hamkorlik shahar infratuzilmasi, innovatsiyalar, ekologiya va madaniy dasturlar sohalarida tajriba almashish imkoniyatlarini ochadi.
Kortreyk shahrida o‘rnatilgan buyuk alloma Abu Ali ibn Sino haykali ikki xalq o‘rtasidagi hurmat va tarixiy bog‘liqlik ramziga aylandi. Bunday madaniy va gumanitar loyihalar xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni mustahkamlab, O‘zbekistonning Yevropadagi ijobiy qiyofasini yanada oshiradi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik: o‘sib borayotgan imkoniyatlar va yangi yo‘nalishlar
Tovar ayirboshlash dinamikasi va investitsiya qiziqishlari
Belgiya Yevropa Ittifoqidagi O‘zbekistonning eng faol iqtisodiy hamkorlaridan biridir. Ikki davlat o‘rtasida eng qulay savdo rejimi amal qiladi, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi esa barqaror o‘sishda – 2020-yildagi 70 mln dollardan 2024-yilda 212,7 mln dollargacha yetdi. Tashqi savdo tuzilmasi muvozanatli bo‘lib, yetkazib berishlar xilma-xilligini va biznes manfaatdorligini aks ettiradi.
O‘zbekistonning Belgiyaga eksporti sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, to‘qimachilik, kimyo mahsulotlari, qurilish materiallari va xizmatlardan iborat. Import tarkibini esa uskunalar, ehtiyot qismlar, farmatsevtika mahsulotlari, kimyoviy modda va qimmatbaho metallar tashkil etadi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda belgiyalik sarmoyadorlar ishtirokida 16 ta korxona faoliyat yuritmoqda, jumladan “Picanol”, “Van de Wiele”, “Gosselin Caucasus & Central Asia”, “Aatko Carpets” va “Intraco”. Ularning faoliyati to‘qimachilik sanoatini modernizatsiya qilish, logistika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Tarmoqlararo hamkorlik va texnologik sheriklik
Sanoat va texnologik hamkorlik alohida ahamiyat kasb etmoqda. Belgiyalik kompaniyalar mashinasozlik, to‘qimachilik uskunalari, kimyo va qayta ishlash sohasida yuqori muhandislik yechimlari bilan tanilgan. “Picanol” va “Van de Wiele” to‘quv stanoklarining yetkazilishi O‘zbekiston to‘qimachilik klasterlarini modernizatsiya qilishda muhim qadam bo‘lib, ishlab chiqarish samaradorligini va eksport salohiyatini oshirdi.
Hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri — “yashil iqtisodiyot”dir. Belgiya energiya samaradorligini oshirish, chiqindilarni qayta ishlash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish loyihalarida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda. “Aqlli shaharlar”, suv tozalash va barqaror agro ishlab chiqarish sohalarida belgiyalik texnologiyalarni jalb etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Biznes missiyalar va yangi hamkorlik platformalari
2024-yil may oyida O‘zbekistonda farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, IT va ekologik texnologiyalar sohalarida faoliyat yurituvchi 17 ta belgiyalik kompaniyalar ishtirokida biznes missiya o‘tkazildi. Tashrif davomida B2B va B2G uchrashuvlari, investitsion imkoniyatlar taqdimotlari va qo‘shma ishlab chiqarishlarni joylashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shu yilning o‘zida Toshkentda Benilyuks Savdo palatasi ochilib, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg ishbilarmon doiralarini birlashtirdi. Palataning faoliyati investorlarni qo‘llab-quvvatlash, biznes-forumlar, road-showlar va soha ko‘rgazmalarida ishtirokni tashkil etishga qaratilgan. Bu tuzilma ikki mamlakat o‘rtasidagi xususiy sektor va davlat tuzilmalari o‘rtasidagi muloqot uchun yangi platformaga aylandi.
Doimiy ishbilarmonlik aloqalari AWEX, FIT va Hub.Brussels agentliklari bilan yo‘lga qo‘yilgan. Tomonlar ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, biotexnologiyalar, qishloq xo‘jaligi xomashyosi qayta ishlanishi va logistika sohalarida loyihalarni muhokama qilmoqda.
Investitsion va infratuzilmaviy istiqbollar
O‘zbekiston Belgiyani yirik infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishdagi muhim hamkor sifatida ko‘radi. Belgiyalik kompaniyalar sanoat va transport obyektlarini qurish, port va ombor majmualarini boshqarish tajribasiga ega bo‘lib, bu O‘zbekistonning sanoatlashtirish va transport tizimini modernizatsiya qilish dasturi uchun ahamiyatlidir.
Ustuvor yo‘nalishlar qatoriga farmatsevtika (Belgiya dunyoda yetakchi tajribaga ega), agro-sanoat (aniq dehqonchilik texnologiyalari), oziq-ovqat qayta ishlash (eksportga yo‘naltirilgan korxonalar tashkil etish) kiradi. Bundan tashqari, moliyaviy texnologiyalar sohasida, jumladan Toshkentda akkreditatsiyadan o‘tgan Mastercard Europe PLC bilan hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.
Ikki tomonlama savdoning yanada kengayish salohiyati yuqori. Bu GSP+ maqomi doirasida o‘zbek mahsulotlarining Yevropa bozoriga kirishini kengaytirish va Kaspiy hamda Qora dengizlar orqali Markaziy Osiyo va Yevropani bog‘lovchi transport yo‘laklarini rivojlantirish bilan bog‘liq.
Shartnomaviy-huquqiy asos va istiqbollar
O‘zbekiston – Belgiya o‘rtasidagi huquqiy baza 10 ta davlatlararo va idoralararo hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Hozirda diplomatik pasport egalari uchun vizadan ozod etish va re-admissiya to‘g‘risidagi bitimlarni ishlab chiqish jarayoni olib borilmoqda. Bu esa siyosiy, ishbilarmonlik va gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash uchun yangi shart-sharoit yaratadi.
Xulosa: amaldagi strategik hamkorlik
Bugungi O‘zbekiston – Belgiya munosabatlari — bu ishonch va umumiy maqsadlarga asoslangan barqaror, pragmatik va o‘zaro foydali hamkorlikdir. Ular O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, tashqi savdoni diversifikatsiya qilish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish strategiyasiga to‘liq mos keladi.
Belgiya Yevropadagi diplomatiya, logistika va moliyaning muhim markazlaridan biri sifatida O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi ishonchli hamkori bo‘lib qolmoqda. Toshkent esa Belgiyaning Markaziy Osiyodagi ishonchli biznes markaziga aylanmoqda.
Biznes faolligining o‘sishi, “yashil” va raqamli yo‘nalishlarning rivojlanishi, madaniy aloqalarning mustahkamlanishi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yangi bosqichi uchun mustahkam zamin yaratmoqda – bu esa aniq natijalar, barqaror o‘sish va ikki xalq farovonligiga xizmat qiladi.