Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON - BETAKROR MAMLAKAT

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON - BETAKROR MAMLAKAT

Mamlakatimiz har tomonlama rivojlanib, xalqaro maydonda obro’-e’tibori ortib borayotganini yurtimizga kelayotgan sayyohlar oqimidan ham bilsa bo’ladi. Go’zal O’zbekistonimizning barcha shaharlarida ko’plab xorijlik sayyohlarni uchratish mumkin. O’zA muxbiri ular bilan suhbatlashdi.

Teruyuki Kobayasi (Yaponiya):

— Bir haftadan beri O’zbekistondaman. Avval Toshkentni, keyin Samarqandni aylandim. Ozoda va fayzli ko’chalar, osuda xiyobonlar, odamlar yuzidagi tabassum kishi ko’nglini ko’taradi.

Samarqanddagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, ayniqsa, Registon maydoni menda unutilmas taassurot qoldirdi. Ularni tomosha qilar ekanman, qadimda Sharq va G’arb o’rtasida mustahkam robita bo’lgan O’zbekiston dunyo ilm-fani rivojiga benazir hissa qo’shganiga va bugun ham gurkirab taraqqiy etayotganiga amin bo’ldim.

O’zbeklarga xos go’zal fazilatlar - ahillik, mehr-oqibat, ajoyib urf-odatlar va milliy an’analardan dunyo ahli o’rnak olsa arziydi. Shirinsuxan va mehmondo’st xalqingiz har qanday kishi qalbida mehr uyg’otadi. Eng asosiysi, O’zbekistonda tinchlik va osoyishtalik hukmron. Bu sayyohlarni jalb etuvchi eng muhim omillardan hisoblanadi.

Nikolas Dmitriadis (Gretsiya):

— O’zbekistonga bundan o’n ikki yil oldin kelgan edim. Shu qisqa vaqt ichida yurtingiz g’oyat o’zgarib ketibdi, chiroyiga chiroy qo’shilibdi.

Bozorlarni aylandim. Shirin-shakar qovun-tarvuzlarning, boldek mevalarning ta’mi og’zimda qoldi. O’zbekistonda bo’lgan har bir sayyoh yana sog’inch bilan bu yurtga talpinishi shubhasiz. Men avvalgi safar O’zbekistonga oilam a’zolarini ham olib kelib, o’zbekona urf-odatlar bilan yaqindan tanishtirishni niyat qilgan edim. Niyatimga yetganimdan xursandman.

Yana bir jihat e’tiborimni tortdi - poytaxtingizda yangi yo’l va ko’priklar qurilib, ko’chalar yanada kengaygani, avtomobillar ko’payganiga guvoh bo’ldim. Bu O’zbekistonning avtomobilsozlik sanoati izchil rivojlanib, aholi turmush darajasi yuksalib borayotganining yorqin ifodasi, deb bilaman.

Hamad Salameh (Kuvayt):

— O’zbekistonni butun dunyo yaxshi biladi. Bilganda ham faqat tarixi va go’zalligini emas, bugungi taraqqiyoti, iqtisodiy imkoniyatlari, sayyohlik infratuzilmasini biladi, qadrlaydi.

Mamlakatingizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini ko’rib chin dildan quvonaman. Mustaqillik maydonining tarovatidan ma’naviy quvvat olaman. Ushbu maydon, uning markazidagi Mustaqillik va ezgulik monumenti, atrofdagi binolar o’z ulug’vorligi, ko’rku salobati bilan mamlakatingiz salohiyatini, xalqingizga xos mehr-oqibatni ifodalab turibdi.

O’zbekiston xalqini yaqinlashib kelayotgan mustaqillik bayrami bilan chin dildan tabriklayman. Aynan istiqlol sharofati bilan O’zbekiston dunyodagi eng go’zal va osoyishta mamlakatlardan biriga aylandi.

Nikola Richchi (Italiya):

— O’zbekistonga tashrifim juda mazmunli o’tmoqda. Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini ko’rish bir umrlik orzuim edi. Orzuim amalga oshib, ushbu qadimiy shaharlarni, u yerdagi tarixiy obidalarni va me’moriy yodgorliklarni ziyorat qilish imkoni tug’ilganidan juda baxtiyorman.

Buyuk ipak yo’li markazida joylashgan yurtingiz Amir Temur davrida juda katta nufuzga ega bo’lgan. Bugun ham O’zbekiston jahon hamjamiyatida xuddi ana shunday mavqye va o’z o’rniga ega, barqaror rivojlanayotgan mamlakatga aylangan.

Mamlakatingizning go’zal manzarasi, betakror tabiati, keng va ravon ko’chalari, zamonaviy ko’priklari, so’lim xiyobonlari, binolari menda unutilmas taassurot qoldirdi. Bir so’z bilan aytganda, bu yerda odamlarning baxtli hayot kechirishi uchun, jumladan, xorijliklarning mazmunli sayohat qilishi uchun barcha sharoit mavjud.

Nakul Bhargava (Hindiston):

— Yoshim to’qqizda. Ota-onam va singlim bilan yozgi ta’tilni mazmunli o’tkazish uchun O’zbekistonga keldik. Sayohatimiz juda qiziqarli o’tmoqda. Menga, ayniqsa, Toshkentning turli-tuman muzqaymoqlari juda yoqdi.

Toshkentdagi «Akva bog’i»ga ham bordik. U yerdagi basseynlarda mazza qilib cho’mildim. Turli attraksionlarda uchib to’ymadim. Bunday zavqli ta’til uchun O’zbekistondan juda minnatdorman. Bu yerga yana kelishni xohlayman.

WWW.UZA.UZ