Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON BMT MINGYILLIK RIVOJLANISH MAQSADLARINI AMALGA OSHIRMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON BMT MINGYILLIK RIVOJLANISH MAQSADLARINI AMALGA OSHIRMOQDA

Ozarbayjonning “TREND” axborot agentligi veb-sayti sahifalarida O’zbekistonda BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha erishilgan yutuqlarga bag’ishlangan maqola chop etildi.

Maqolada 2000-yil sentabrda 189 davlat rahbarlari Mingyillik deklaratsiyasini imzoladilar hamda o’z oldilariga 8 prinsipdan iborat mazkur maqsadlarga og’ishmay erishishni vazifa qilib qo’yganligi aytib o’tilgan. Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish jarayoniga holis baho berish 2015-yilga belgilangan edi.

Mingyillik maqsadlari O’zbekiston uchun uning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan: har bir milliy maqsad uchun alohida indikator ishlab chiqilib hamda amalga oshirilish muddati belgilangan edi, deya xabar beradi Ozarbayjon axborot agentligi.

Taqdimot chog’ida O’zbekiston hukumatining barqaror iqtisodiy o’shish, daromadlarning aholi o’rtasida adolatli taqsimlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati jamiyatda ijtimoiy totuvlik va ahllikni hukm surishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. 2001-2013-yillar davomida barqaror iqtisodiy o’sishga qaratilgan islohotlar natijasida O’zbekistonda kamta’minlanganlik darajasi deyarli ikki barobar - 27,5 foizdan 14,1 foizga kamaydi.

Jahon tajribasida jamiyatda ijtimoiy tabaqalanish va xavfsizlik darajasini baholashning yana bir mezoni – Jini indeksidan keng foydalaniladi. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida Jini indeksi ko‘rsatkichi 0,39 dan 0,296 ga pasaydi. Bu natija belgilangan xalqaro standartlar nuqtai nazaridan qaraganda, aholimizning ijtimoiy farovonligi muttasil o‘sib borayotganidan dalolat beradi.

Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar natijasida yuqori va barqaror iqtisodiy o’zgarishlarga erishildi va bandlik sohasida ham tarkibiy o’zgarishlar yuz berdi: 2001-2013-yillarda sanoat va xizmatlar sohsida aholi bandligi 66,6 % dan 72,8 % ga ortdi (agrar sohada aholi bandligi mos ravishda 33,5 % dan 27,2 % ga qisqardi).

Prezidentimiz tashabbusi bilan 90-yillar o’rtalarida boshlangan ta’lim sohasini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlar aholining barcha qatlamlari uchun sifatli o’rta ta’lim olish imkoniyatini yaratibgina qolmay, balki ta’limning undan keyingi bosqichlarini ham tubdan ijobiy tomonga o’zgartirdi. Sog’liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar mamlakatimizda aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda sifatli, professional va har tomonlama texnik jihozlangan xizmat ko’rsatish imkonini yaratib berdi.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha amalga oshirilgan islohotlar ichimlik suvini isrof qilishning kamayishiga hamda yerlarning meliorativ holatining yaxshilanishini ta’minladi. Energetika infratuzilmasini rivojlantirish natijasida iqtisodiyotning energiya sarfi darajasi kamaymoqda, atmosferaga ifloslantiruvchi chiqindilar tashlash qisqarmoqda.

Besh yoshgacha bo’lgan bolalar kam vaznliligi 2001-yilda 3,8 foizdan 2013-yilda 1,6 foizga kamaydi. Bu aholi ovqatlanish tarkibining yaxshilanganidan dalolat beradi. Xususan, o’tgan davr mobaynida o’rtacha go’sht iste’moli 2 marta, sut va sut mahsulotlari 1,75 marta, sabzavotlar 2,5 marta va mevalar 3,8 marta ortdi.

Jahon moliyaviy inqirozi yuz berganiga qaramasdan O’zbekiston bu davrda barqaror o’sish su’ratlarini saqlab qolganligi mazkur maqsadlarga erishish yo’lida eng katta ijobiy natijalardan biri bo’ldi.

"Jahon" AA