Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON BOKS USTALARINING ZAFARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON BOKS USTALARINING ZAFARI

Toshkentdagi “O’zbekiston” sport majmuasida Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA)ning Butunjahon boks seriyasi (WSV) va yarim professional bokschilar (ARV) yo’nalishlari bo’yicha turnirlari bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo’mitasi, mamlakatimiz boks federatsiyasi hamda Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan turnirda O’zbekiston, Puerto-Riko, Ispaniya, Ruminiya, Xorvatiya, Hindiston, Mo’g’uliston va Qozog’istondan charm qo’lqop ustalari o’zaro kuch sinashdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari, jumladan, boksni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasida sportchilarimiz nufuzli musobaqalarda ulkan g’alabalarga erishmoqda. Bu poytaxtimizda o’tgan turnirda ham o’z isbоtini topdi.

WSB yo’nalishidagi dastlabki kungi bahslarda mamlakatimizning “Uzbek Tigers” jamoasi Puerto-Rikoning “Puerto Rico Hurricanes” jamoasi ustidan 5:0 hisobida g’alaba qozondi.

O’z vazn toifasida Abror Qodirov Seyber Avillani, Elnur Abduraimov Stiven Ruidiazni, Doston Turdiyev Samuel Kedenani, Shuhrat Abdullayev Xuan Karilloni, Sardor Abdullayev Valavikus Mantasni mag’lubiyatga uchratdi.

Ushbu yo’nalishdagi navbatdagi bellashuvda “Uzbek Tigers” jamoasi Qozog’istonning “Astana Arlans” jamoasini 4:1 hisobida yengdi.

Hamyurtlarimizdan Hasanboy Do’smatov Temirtas Jusupovni, Abdulxay Shorahmatov Meyrbo’lat Toitovni, Fazliddin Meliboyev Asxat Ualixanovni, Mirzabek Hasanov Yerkin Muhammedjanni mag’lub etdi.

— Xalqimiz ishonchini oqlaganimizdan xursandmiz, - deydi M.Hasanov. - Bu g’alabalarimiz mamlakatimizda sportni rivojlantirish, biz, yoshlarning iqtidor va salohiyatimizni yuzaga chiqarish uchun yaratilgan sharoitlar natijasidir.

ARV yo’nalishidagi bellashuvlarda ringga chiqqan Jasurbek Latipov mo’g’ulistonlik Gandulam Mungun Erdeneni, Dilshod Mahmudov ispaniyalik Yuba Ndiaye Sissokxoni, Isroil Madrimov hindistonlik Vikas Krishan Yadavni, Zuhriddin Mahkamov ruminiyalik Aleksandr Makedonni, Ulug’bek Mubinov xorvatiyalik Marin Mindolevichni yengdi.

"Jahon" AA