“O’ZBEKISTON BOLALAR HUQUQLARINI TA’MINLASH SOHASIDA SALMOQLI O’SISHNI NAMOYON ETMOQDA”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Ilgari xabar qilinganidek, shu yil 8-sentabr kuni Toshkentda bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijalari, sohaga xalqaro huquqiy mexanizmlarni keng joriy etish bo’yicha istiqboldagi vazifalarga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi. “Jahon” AA muxbiri mazkur tadbirning ishtirokchilaridan biri - bolalar huquqlari bo’yicha ekaspert Renate Vinter bilan suhbatlashdi.
— Mamlakatingiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining qator konvensiyalarini ratifikatsiya qilgan hamda tegishli me’yoriy-huquqiy zaminni yaratgan, - dedi u. - Oilalar, maktablar, sog’liqni saqlash muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamkorligida mazkur hujjatlarda ko’zda tutilgan majburiyatlarni hayotga tadbiq bo’yicha ishlar olib borilmoqda.
Bolalar mehnatiga yo’l qo’ymaslik borasidagi o’sishni alohida ta’kidlashni istar edim. Biz bunday hodisalarga duch kelmaganimizni mamnuniyat bilan qayd etaman. Bu o’tgan yili Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar ishtirokida o’tkazilgan monitoring natijasi ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Muhtoj bolalarga va ularning oilalariga manzilli xizmatlar, tibbiy, pedagogik va ruhiy ko’mak ko’rsatish bilan shug’ullanadigan Bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasi bo’yicha Respublika markazi faoliyatining tajribasi menda katta qiziqish uyg’otadi.
Ta’lim O’zbekiston bolalari uchun barcha sharoitlar yaratilgan yana bir soha hisoblanadi. Shuni qayd etish quvonarliki, qishloq maktablari ta’lim sifati va zarur jihozlar bilan ta’minlanishi darajasi bilan shahar boshlang’ich ta’lim muassasalaridan sira farq qilmaydi.
Ma’lumki, bolalar salomatligi muhofazasi masalalari BMT Mingyillik maqsadlari qatorida muhim o’rin tutadi. Bugungi kunda umum miqyosda tan olinganidek, global darajada qo’yilgan vazifalarning barchasiga erishishga muvaffaq bo’lingani yo’q. Biroq bolalarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish va ularning salomatligini mustahkamlash bo’yicha O’zbekiston Mingyillik maqsadlari doirasida o’z zimmasiga olgan majburiyatlarni to’la ado etdi. Bu bizlarni quvontirmasligi mumkin emas.
“Jahon” AA