“O’ZBEKISTON: BOLALAR MEHNATI VA MAJBURIY MEHNATGA YO’L QO’YMASLIK BORASIDA SAMARALI CHORA-TADBIRLAR”
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
BMTning Jenevadagi bo’limida a’zo mamlakatlar orasida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo’l qo’ymaslik borasida O’zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga bag’ishlangan material tarqatildi.
Hujjatda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab O’zbekiston inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash oily maqsad qilib belgilab olingan huquqiy demokratik davlat qurish yo’lini tanlaganligi ta’kidlanadi. Xalqaro mehnat tashkiloti(XMT)ning to’liq a’zosi hisoblangan O’zbekiston tashkilotning 13 ta konvensiyasi, shuningdek, majburiy mehnat haqida hamda bolalar mehnati og’ir turlarini keskin bartaraf etish haqidagi konvensiyalarni ratifikatsiya qildi.
Shuningdek hujjatda mazkur sohada jahon hamjamiyati bilan amaliy hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish bo’yicha O’zbekiston nuqtayi nazarini tasdiqlovchi hujjat sifatida respublikamiz tomonidan 2014-yil aprel oyida imzolangan “O’zbekistonda adolatli mehnatni yo’lga qo’yish bo’yicha 2014-2016-yillarga mo’ljallangan XMTning mamlakatlar bo’yicha dasturi” keltirib o’tilgan.
“Dastur uchta strategik yo’nalishni o’z ichiga oladi, xususan, majburiy va bolalar mehnati to’g’risidagi konvensiyani amalga tatbiq qilishni harakat rejasiga kiritishni ko’zda tutadigan ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash; aholini, shuningdek, yoshlarni adolatli mehnat bilan ta’minlash; mehnat muhofazasi va aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirishning samarali tizimini ishlab chiqish”, - deya ma’lumot beriladi hujjatda.
Rasmiy ma’lumotda O’zbekistonda mehnatni muhofaza qilish sohasida bolalar huquqlarini himoya qilishning mustahkam qonuniy asoslari ishlab chiqilganligi ta’kidlanadi. Konstitutsiya tomonidan majburiy mehnatni qo’llashning barcha turlari ta’qiqlanganligi fuqarolarni ekspluatatsiya qilish, diskriminatsiya qilish va majbiriy mehnat qildirishdan himoyalovchi huquqiy asosni belgilab beradi. Shuningdek, Respublikada Mehnat kodeksi, aholi bandligi, mehnat muhofazasi, ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklaridan sug’urtalash, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, bola huquqlarini kafolatlash, odam savdosiga qarshi kurash haqidagi bir nechta qonunlar qabul qilingan.
“Mustaqillik yillarida majburiy mehnat va bolalar mehnatining og’ir turlariga yo’l qo’ymaslik bo’yicha davlat institutlari tizimi yo’lga qo’yildi, - deya e’tirof etiladi materialda. – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzurida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan boshqariladigan voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha Maxsus komissiya tuzildi. Kommissiya vazifalari qatoriga jamiyatda bolalar masalalari bo’yicha mavjud muammolarni hal qilish, shu bilan birga bolalar mehnatining og’ir turlariga yo’l qo’ymaslikni nazorat qilish kabilar kiradi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, Kasaba uyshmalari federatsiyasi, Mehnat va aholini muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Fermerlar kengashi rahbarlarini o’z ichiga olgan bolalar mehnati bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil qilindi.
Hujjatda 2013-yil 11-sentabrdan 31 oktabrga qadar XMT tomonidan bolalar mehnatiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha montoring o’tkazilganligi ta’kidlab o’tiladi.
Mazkur monitoring natijalariga ko’ra, O’zbekistonda majburiy bolalar mehnati tizimli ravishda mavjud emasligi aniqlangan.
“Jahon” AA, Jeneva