O’ZBEKISTON BONN XALQARO MADANIYATLAR ANJUMANIDA
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					Germaniyaning Bonn shahrida har yili o’tkaziladigan Xalqaro madaniyatlar festivali nemis jamoatchiligi uchun jahonning turli xalqlari madaniyati va an’analari bilan tanishish uchun juda qulay imkoniyat yaratadi. Bu yil ushbu anjuman dunyoning 60 mamlakati, xalqaro, mintaqaviy va milliy tashkilotlar vakillarini o’z atrofiga jamladi. Bonnda istiqomat qiladigan 10 mingdan ziyod aholi va shahar mehmonlari mazkur madaniy tadbir ishi bilan tanishdilar.
Bonn shahar meriyasi tomonidan tashkil etiladigan ushbu madaniyatlararo forumda O’zbekistonning faol ishtirok etishi an’anaga aylanib qolgan. O’zbekiston milliy bo’lmasi bu yil mamlakatimizning Frankfurtdagi Bosh konsulligi va Berlindagi elchixonasi hamda Bonn shahridagi Germaniya - O’zbekiston do’stlik jamiyati tomonidan o’zaro hamkorlikda tashkil etildi.
U milliy uslubda, o’zbek xalqi madaniyati va respublikamizning boy sayyohlik salohiyati haqida atroflicha tasavvur uyg’otadigan darajada bezalgani bilan barchani o’ziga jalb etdi. O’zbek xalq amaliy san’ati namunalari bilan birga Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent singari tarixiy shaharlar, ular bag’rida joylashgan diqqatga sazovor maskanlar, yurtimiz bo’ylab sayyohlik yo’nalishlari haqidagi atroflicha ma’lumotlar ham mamlakatimiz bo’lmasidan joy oldi.
O’zbek palovini tayyorlash bo’yicha “mahorat darsi” anjumanning juda ko’p mehmonlari e’tiborini tortdi.
“Jahon” axborot agentligi muxbiri festival ishtirokchilarining ayrimlari bilan suhbatda bo’ldi.
Yaqinda mamlakatimiz bo’ylab safardan qaytgan Margarita va Georg Xaynlaynlar o’zbek xalqining noyob milliy an’analari va amaliy san’ati bilan Germaniyada ham oshno bo’lib turishganidan behad mamnun ekanligini ma’lum qildilar.
— Biz O’zbekistonga borgunimizga qadar xalqingiz madaniyati va tarixi shu qadar boy ekanligini yaxshi bilmas edik, - deydi Georg Xaynlayn. - Mamlakatingizning madaniy va ma’naviy boyligi o’ziga xosligi nuqtai nazaridan grek va rim sivilizatsiyasinikidan qolishmasligiga amin bo’ldik. Samarqand, Buxoro yoki Xivadagi singari ko’hna yodgorliklarni biz hyech qayerda ko’rmaganmiz. Ular bizda sira unutilmas taassurotlar qoldirdi. Ayniqsa, qalblarimizni zabt etgan o’zbek xalqining ochiq ko’ngilligi va mehmondo’stligi butun dunyoda insoniy o’zaro munosabatlar, dinlararo totuvlik va bag’rikenglik qanday bo’lishi lozimligi nuqtai nazaridan namuna bo’lib xizmat qilib kelayotganiga amin bo’ldik
O’zbekiston bo’lmasi bilan tanishgan Kristina Gibsi ham mamlakatimiz bo’ylab safari haqida to’lqinlanib so’zlab berdi.
— Men katta niyatlar bilan, o’zbek xalqi, Buyuk Ipak yo’lining tarixiy shaharlari va o’rta asr me’moriy yodgorliklari, Sharq madaniyati bilan yaqindan tanishish uchun O’zbekistonga bordim, - dedi u. - Hammasi kutganimdek bo’lib chiqdi. Safarimdan iliq va unutilmas xotiralar, ulkan qoniqish bilan qaytib keldim. Shaharlardagi tartib va ozodalik, odamlarning ochiqligi va bir-biriga o’zaro hurmat ko’satishi, ularning qalbi ochiqligi meni maftun etdi.
Respublikaning tarixiy shaharlaridan ham katta taassurot orttirdim. Ulardagi ko’p asrlik meros va zamonaviylikning uyg’unligi menga juda yoqdi. Bu yerda o’sha muhitni, o’sha kechinmalarni yana bir bor his etish uchun O’zbekiston bo’lmasiga keldim.
“Jahon” AA, Berlin-Frankfurt-Bonn
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















