Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON BOY SAYYOHLIK IMKONIYATLARIGA EGA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON BOY SAYYOHLIK IMKONIYATLARIGA EGA

O’zbekistonning ko’hna tarixi, boy madaniyati va zamonaviy sayyohlik imkoniyatlari Yaponiyadan borgan sari ko’p sayyohlarni o’ziga jalb etmoqda. O’zbek xalqining noyob an’analari va mehmondo’stligi, mahobatli hamda betakror me’moriy yodgorliklari Kunchiqar mamlakatning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilayotgani ham bunga ko’maklashmoqda.

Masalan, Yaponiyada nashr etiladigan “The Sekai Nippo” gazetasi sahifasida e’lon qilingan maqolada qayd etilishicha, Buyuk Ipak yo’li markazi - zamonaviy O’zbekiston hududida Sharq va G’arb, Shimol va Janub sivilizatsiyalarining chorrahasiga aylangan holda tarixan o’ziga xos madaniyat shakllangan.

Muallif - yapon jurnalisti Mikixiko Koshio qalamiga mansub ushbu maqolada ta’kidlanganidek, O’zbekiston boy sayyohlik imkoniyatlariga ega va bu salohiyatga tayangan holda respublika mamlakat brendini shakllantirish yuzasidan muhim qadamlarni tashlamoqda. “To’rt shahar - Samarqand, Shahrisabz, Xiva va Buxoro YUNESKOning Butunjahon merosi ro’yxatiga kiritilgan. Har yili qariyb 2 million sayyoh O’zbekistonga yo’l olmoqda”.

Maqolada, shuningdek, joriy yil 13-14 aprel kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan “Dam olish dunyosi” Xalqaro sayyohlik ko’rgazmasi haqidagi ma’lumotlar ham gazetxonlar e’tiboriga havola qilingan. “Ko’rgazmada respublikaning 14 mintaqasi hamda dunyoning 17 mamlakati sayyohlik firmalari ishtirok etdi. Ular xalq amaliy san’ati buyumlari ekspozitsiyalarini, o’ziga xos taqdimot marosimlarini tashkil qilishdi. Ko’rgazma doirasida ochiq osmon ostida O’zbek taomlari festivali bo’lib o’tdi. Mehmonlar uchun sumalak, kabob va o’zbek xalqining eng mashhur taomi - palovdan tatib ko’rish imkoniyati yaratildi”.

Shuningdek, maqolada O’zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida eng ko’p aholiga ega bo’lgan mamlakat ekanligi, bu yerda yapon xalqiga nisbatan hurmat bilan qarash mavjudligi ham alohida ta’kidlangan. Muallif respublikamizning ko’pgina aholisi yaponcha «Konnichiva» deb salomlashishni bilishini mamnuniyat bilan qayd etgan.

U o’z maqolasi intihosida ikki mamlakat o’rtasida rivojlangan havo qatnovi yo’lga qo’yilganini ham gazetxonlarga ma’lum qilgan.

“Jahon” AA, Tokio