Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“O’ZBEKISTON - BUYUK IPAK YO’LINING DURDONASI”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“O'ZBEKISTON - BUYUK IPAK YO'LINING DURDONASI”

Belgiyaning G’arbiy Flandriya provinsiyasida nashr etiladigan “Contact” jurnalining navbatdagi sonida “O’zbekiston - Buyuk Ipak yo’lining ganjinasi” sarlavhali maqola bosilib chiqdi.

“Contact” Belgiya Kortreykida (G’arbiy Flandriya provinsiyasi) flamand tilida har oyda 5 ming adadda chop etiladi. Butun dunyo va mintaqa ahamiyatiga molik bo’lgan muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy voqyealar yoritiladigan ushbu nashr Belgiyaning mazkur provinsiyasi va boshqa mintaqalarining rasmiy tizimlari, kompaniyalari hamda boshqa tashkilotlar o’rtasida tarqatiladi.

Maqola o’zbek xalqining boy tarixi va madaniyati hamda respublikamizning bebaho ilmiy va me’moriy merosi bilan o’z o’quvchilarini yaqindan tanishtirgan. Unda alohida ta’kidlanganidek, mamlakatimiz mustaqillikni qo’lga kiritganidan so’ng buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy va madaniy merosni qayta tiklash davlat siyosatining muhim vazifalari sirasidan o’rin oldi.

“Amudaryo va Sirdaryo daryolari oralig’ida joylashgan ushbu mamlakat qadim-qadimdan jahon sivilizatsiyalari o’choqlaridan biri bo’lib kelgan, deb yozadi nashr. U o’z vaqtida Buyuk Ipak yo’lining, Sharq va G’arb o’rtasidagi savdo-iqtisodiy va ma’naviy hamkorlikning markaziy bog’lovchi bo’g’ini bo’lgan”.

O’zbekiston va Belgiya xalqlari o’rtasidagi hamkorlik tarixi haqida to’xtalar ekan, “Contact” o’zaro aloqalarning tarixi uzoq o’tmishga borib taqalishini qayd etadi. “Flaman monax-sayyohi Villem Rubrukning (XIII asr) Markaziy Osiyo haqidagi qaydnomalari hamda Buyuk Ipak yo’lidagi eng yirik markazlardan biri - Buxorodan unchalik uzoq bo’lmagan Zandani qishlog’idan olib kelingan (IX asr) va bugungi kunda Lyejdagi Avliyo Pyotr soborida saqlanayotgan gazlama bu fikrni tasdiqlaydi. O’rta asrda ham Yevropa tibbiyot ilmining dahosi, Avitsenna nomi bilan jahonga mashhur bo’lgan o’zbek xalqining buyuk bobokaloni Abu Ali Ibn Sinoni yaxshi bilgan. Uning “Tib qonunlari” asari o’sha davrning ko’pgina tibbiyot universitetlaridagi asosiy o’quv qo’llanmalaridan biri bo’lgan. Hozirgi paytda Lyuven Katolik universiteti professori, belgiyalik Yul Yanssens Abu Ali Ibn Sino faoliyatini tadqiq etishni davom ettirmoqda. U buyuk olim hayoti va ishlari haqida 200 dan ortiq kitob yozdi. 2000 yili Kortreyk shahrida Abu Ali Ibn Sinoga yodgorlik o’rnatildi”, deb xabar beradi nashr.

Bugungi kunda Toshkent - Kortreyk va Lyej - Samarqand shaharlari o’rtasida o’rnatilgan sheriklik munosabatlari vositasida tarixiy aloqalar o’zining mantiqiy davomini topgan.

Shuningdek, mazkur maqolada respublikamizning boy tarixi va madaniyati bugungi kunda har tomonlama o’rganilayotgani va yanada boyitilayotgani ham o’quvchilarning e’tiboriga havola qilingan. Nashr o’zbek xalqi jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo’shgan o’z bobokalonlari bilan haqli ravishda faxrlanishini ham alohida ta’kidlagan.

“Jahon” AA, Bryussel