O’ZBEKISTON DEHLIDAGI XALQARO HUNARMANDCHILIK BUYUMLARI YARMARKASIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Dehli shahrida har yili Xaryana shtati Sayyohlik boshqarmasi va Hindistonning Turizm, To’qimachilik, Madaniyat va Tashqi ishlar vazirliklari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan “Surajkund International Crafts Mela” xalqaro hunarmandchilik buyumlari festivali bo’lib o’tadi.
Dunyoning turli davlatlaridan kelgan odamlar Hindistonning boy hunarmandchilik an’analari bilan tanishish hamda o’z madaniyatlari, san’atlari va hunarmandchilik mahsulotlarini namoyish uchun har yili shu paytda Dehliga kelishadi. Yarmarka chog’ida mehmonlar esdalik sovg’alari, qo’lda tayyorlangan buyumlar, suratlar va milliy liboslarni sotib olishlari mumkin.
Ta’kidlash joizki, ushbu yarmarka turli davlatlardan taklif qilingan folklor guruhlari ishtirokida keng madaniy dasturlar namoyish etiladigan dunyodagi eng katta tadbir hisoblanadi. Ochiq sahnada hind mumtoz raqslari, “Mahobhorat” va “Ramayana” dostonlaridan teatrlashtirilgan ko’rinishlar namoyish etiladi, an’anaviy musiqa konsertlari bo’lib o’tadi.
Bu yilgi XXXI xalqaro yarmarkada O’zbekistondan “Hunarmand” uyushmasi va “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg’armasi vakillari ishtirok etmoqda.
Mamlakatimiz delegatsiyasi o’zbek xalqining madaniyati, tarixi va an’analarining barcha go’zalligi va qirralarini mujassam etgan namunalarni namoyish etdi hamda ular yarmarka ishtirokchilari va mehmonlarida katta qiziqish uyg’otdi.
Tadbir tashkilotchilari va ishtirokchilarining fikrlariga ko’ra, O’zbekiston hunarmandchilik san’ati namunalarida Vatanga muhabbat tuyg’usi sezilib turibdi, ularda dunyo tamaddunining xazinasidan o’rin olgan noyob tarix va madaniyat hissi o’z aksini topgan.
“Jahon” AA, Dehli