O‘zbekiston delegatsiyasi Pokistonga tashrif buyurdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2018-yilning 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Pokiston Islom Respublikasida bo‘ldi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Pokiston Bosh vaziri Imron Xon tomonidan qabul qilindi.
Shu kunning o‘zida Islomobod shahrida Pokiston Tashqi ishlar vaziri Mahmud Qureyshi, Qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni general Qamar Javed Bajva, Qurolli kuchlari shtablar boshliqlarining Birlashgan qo‘mitasi raisi general Zubayr Mahmud Hayot bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida ikki tomon kun tartibining muhim masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Pokiston alaqolarini yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida mintaqaviy masalalar, avvalo Afg‘onistondagi holat yuzasidan ham fikr almashildi. Afg‘on inqirozini siyosiy bartaraf etish jarayonini boshlash uchun xalqaro sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishning muhimligi qayd etildi.
Uchrashuvlarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.