O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI SHHT HUKUMAT RAHBARLARI KENGASHINING MAJLISIDA ISHTIROK ETADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yilning 30-noyabr – 1-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Sochi shahrida (Rossiya) bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining (bosh vazirlar) 16-yig‘ilishida ishtirok etadi.
Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari mintaqa va jahondagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashishadi, ShHT doirasida iqtisodiy va gumanitar hamkorlikning keng ko‘lamdagi masalalari, Tashkilotga a’zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturining bajarish bo‘yicha Tadbirlar rejasining amalga oshirish jarayoni va ko‘p qirrali kun tartibining boshqa masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarusiya, Eron va Mo‘g‘uliston vakillari, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining Ijroiya qo‘mitasi, Ishbilarmonlar kengashi va ShHTning Banklararo birlashmasi Kotibiyat rahbarlari hamda qator xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.