O‘zbekiston delegatsiyasi ShHTga a’zo davlatlar vazirliklararo maslahatlashuvlarida ishtirok etdi
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
2018-yilning 12-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdujabar Abduvaxitov boshchiligidagi delegatsiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida ShHTning xalqaro faoliyat masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlarida ishtirok etdi.
Moskva shahrida Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston TIV vakillari tomonidan xalqaro munosabatlar rivojlanishining hozirgi sharoitlarida ShHT oldida turgan asosiy vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ShHTga a’zo davlatlarning dolzarb mintaqaviy va global muammolar bo‘yicha kelishilgan mavqe’larini amaliy tadbiq etish, boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar, avvalo BMT, ASEAN, MDH, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.