Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston delegatsiyasi Stokgolmda muzokaralar o’tkazdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston delegatsiyasi Stokgolmda muzokaralar o'tkazdi

2019-yilning 17-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya Stokgolm shahrida bo‘ldi va Shvetsiya Parlamenti, shuningdek, qator vazirlik va idoralarda muzokaralar o‘tkazdi.

Mamlakatimizning Berlin shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Shvetsiya Riksdagi (Parlamenti) raisining birinchi o‘rinbosari Asa Lindestam va Yevropa Kengashi Parlament assambleyasidagi Shvetsiya delegatsiyasi rahbari Boriana Aberg bilan uchrashuv davomida Shvetsiya tomoni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan yaqindan tanishtirildi hamda parlamentlararo aloqalarni faollashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shu kunning o‘zida Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi, Shvetsiya xalqaro taraqqiyot agentligi SIDA va Stokgolm Xalqaro suv instituti SIWI’da ushbu idoralarning mas’ul rahbarlari ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazildi. Ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllardagi munosabatlarni rivojlantirishning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi, xavfsizlik, iqtisodiyot, ekologiya va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Orol fojiasining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha, shu jumladan, BMT shafeligida mamlakatimiz tashabbusi bilan Orolbo‘yi mintaqasi uchun tashkil etilgan Ko‘p sherikli inson xavfsizligi bo‘yicha trast fondi doirasidagi O‘zbekiston hukumati sa’y-harakatlarini Shvetsiya tomonining qo‘llab-quvvatlashi imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Shvetsiya kompaniyalari ishtirokida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali respublikaning suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston bilan yaqin hamkorlikni o‘rnatishga Shvetsiya tomoni tayyor ekanligini izhor etdi.

Shuningdek, Shvetsiya Savdo va investitsiya kengashi “Business Sweden”da va Stokgolm o‘tish iqtisodiyoti instituti rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan konstruktiv fikr almashildi. Investitsiya va savdo sohasida hamkorlikni, shu jumladan, biznes missiyalarini tashkil etish va ikki mamlakatda o‘tkazilayotgan ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish orqali aloqalarni -faollashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

www.mfa.uz