O‘zbekiston delegatsiyasi “YI - MO” shaklidagi yuqori darajali muloqotda ishtirok etdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2018-yilning 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Ashxobod shahrida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” shaklidagi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha yuqori darajali Muloqotning navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.
2017-yil iyun oyida Bishkek shahridagi Muloqotning so‘nggi majlisi hamda 2018-yil mart oyida Toshkent shahridagi vazirlarning norasmiy uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni, “YI - MO” shaklida turli darajagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.
Uchrashuvda terrorizm bilan kurash va zo‘ravonlik ekstremizmini oldini olishda hamkorlikni faollashtirish choralari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, delegatsiyalar tomonidan chegarani boshqarish, narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilik bilan kurash sohasidagi hamkorlik masalalari hamda mintaqaviy ekologik muammolar ko‘rib chiqildi.