O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASINING ABU-DABIDAGI UCHRASHUVLARIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2016-yilning 7-yanvar kuni Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston Respublikasining TIV delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklari vakillari – tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ahmad al-Jarman va iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Juma al-Kayt bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvlarda o‘zaro hamkorlik, siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy aloqalarni barqaror rivojlantirish bo‘yicha o‘rnatilgan daraja ijobiy baholandi, shuningdek, o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish ikki tomon maqsadlariga muvofiq ekanligi ta’kidlandi.