Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASINING CHENDU SHAHRIDA BO‘LIB O‘TGAN YIG‘ILISHDAGI ISHTIROKIGA DOIR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASINING CHENDU SHAHRIDA BO‘LIB O‘TGAN YIG‘ILISHDAGI ISHTIROKIGA DOIR

2015-yilning 10-12-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Chendu shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning Yig‘ilishida ishtirok etdi.

Yig‘ilishda 2005-yilda imzolangan ShHTga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim nizomlarini amalga oshirish doirasida Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda chora ko‘rish masalalarini muhokama qildilar.

Yig‘ilishdagi chiqishda O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari tomonidan mamlakatimiz ham boshqa davlatlar bilan bir qatorda turli favqulodda holatlarning vujudga kelishi xavfiga duch kelayotganligi ta’kidlandi. Joriy yilning aprel oyida respublikamiz hududida 480-500 ming metr kub miqdoridagi yer ko‘chishi ro‘yxatga olindi. Surxondaryo viloyatining Uzun tumani Xonjiza aholi punktida 67 xo‘jalik mavjud xavf natijasida yashash uchun xavfsiz bo‘lgan joyga ko‘chirildi, ko‘chish harakatlarini doimiy monitoring qilish uchun maxsus uskunalar, ko‘chish xavfi mavjud hududlarida esa kuzatuv postlari tashkil etildi.

Shuningdek, mamlakat hududida bir qancha sel oqimlari bo‘lib o‘tganligi, bularning ba’zilari esa moddiy zararga olib kelganligi qayd qilindi.

O‘zbekistonda ekologik tusga ega bo‘lgan favqulodda holatlar haqida so‘z ketganda, eng avvalo Orol dengizining qurib borishi va buning oqibatida yuzaga kelayotgan muammolarni alohida ta’kidlash lozim. Bir avlod hayoti davomida butunlay yo‘qolish yoqasiga kelib qolgan Orol fojiasi bugun ham xalqaro hamjamiyat e’tibori markazida qolmoqda. Bugungi kunga kelib suv sathi Mo‘ynoq portidan 150 kilometrga chekindi.

Dengizning qurib borishi nafaqat Markaziy Osiyo, balki boshqa mintaqalarda ham sezilayotgan keskin iqlim o‘zgarishiga olib keldi. Orolning qurigan qismida 5,5 million gektarga teng hududda yangi tuzli cho‘l paydo bo‘lgan. Bu hududlarda yiliga 90 kundan ortiq davr mobaynida chang bo‘ronlari sodir bo‘ladi va 100 million tonnadan ortiq chang va zaharli tuzlarni atmosferaga ko‘tarib minglab kilometrlarga yoymoqda.

Ta’kidlab o‘tilganidek, “vujudga kelgan keng ko‘lamli nohush ekologik vaziyat nafaqat O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlariga, balki butun jahonga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda”.

O‘zbekiston Respublikasi uchun Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalari bilan aholiga va iqtisodiyot obyektlariga xavf manbai bo‘lgan transchegaraviy hududlarda tog‘li va tog‘oldi punktlarni aerovizual tekshiruvlardan o‘tkazish bo‘yicha tegishli kelishuvlarga erishish muhim hisoblanadi.

Zararkunanda chigirtkalarga qarshi kurash bo‘yicha birgalikda yillik tadbirlarni o‘tkazib borish masalasi ham dolzarbligicha qolmoqda. Ushbu tadbirlarning samaradorligi esa qo‘shni respublikalarning tegishli idoralari o‘rtasida tadbirlarning maqsadi, o‘tkazish joyi va vaqtini muvofiqlashtirishda o‘zaro kelishuvga erishishga bevosita bog‘liq hisoblanadi.

O‘zbekiston tomonining fikricha, ShHT hududida favqulodda holatlarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishda yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilish barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash, qulay sherikchilik sharoitlarini yaratish uchun samarali omil hisoblanadi.

WWW.MFA.UZ