O‘zbekiston delegatsiyasining Kobul shahridagi uchrashuvlari
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2018-yilning 27-avgust kuni Kobul shahriga amaliy tashrif bilan borgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston Islom Respublikasi Presidenti Muhammad Ashraf G‘ani tomonidan qabul qilindi.
Vazir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan Afg‘oniston rahbariyatini dunyo musulmonlarining muhim bayrami – Qurbon hayiti (Eyd al-Adha) munosabati bilan yana bir bor samimiy tabrikladi hamda butun birodar afg‘on xalqiga tinchlik va farovonlik tilaklarini yetkazib qo‘ydi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida 2018-yil 27-mart kuni Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasining asosiy qoidalari amalga oshirilishining borishi e’tibor markazida bo‘ldi. Jumladan, Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonga ko‘maklashish bo‘yicha o‘zaro kelishilgan choralar muhokama qilindi.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, avvalo oliy darajadagi muntazam O‘zbekiston – Afg‘oniston muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi ham ko‘rib chiqildi. Xususan, tomonlarning temir yo‘l va energetika sohalari bo‘yicha mutaxassislari “Mozori-Sharif – Hirot” temit yo‘l liniyasi hamda “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq ba’zi muhim masalalarni muhokama qildilar.
Tomonlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining boshqa mavzularini ham ko‘rib chiqdilar.
Shu kunning o‘zida O‘zbekiston delegatsiyasi Kobul shahrida Afg‘oniston Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulla Muhib, Ijroiya hokimiyati rahbari Abdulla Abdulla va Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nosir Andisha bilan muzokaralar o‘tkazdi.