O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASINING QOBUL SHAHRIDAGI UCHRASHUVLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yilning 24-yanvar kuni Qobul shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Prezidentning maxsus vakili Muhammad Shokir Korgar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Shuningdek, 23-24-yanvar kunlari Qobul shahrida O‘zbekiston delegatsiyasining sanoat assotsiatsiyalari va xo‘jalik subyektlari vakillaridan iborat a’zolari afg‘onistonlik hamkorlari bilan alohida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazdilar.
Tashrif doirasida qisqa muddat ichida tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlarini 1,5 mlrd. AQSh dollariga yetkazish imkonini beradigan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy “Yo‘l xaritasi”; qo‘shma temir yo‘l va avtomobil yo‘li loyihalarida O‘zbekiston tomoni ishtirokini ko‘zda tutadigan Transport infratuzilmasi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadlari to‘g‘risidagi Protokol; Xavfsizlik masalalari bo‘yicha Qo‘shma kommissiya tuzish maqsadlari to‘g‘risidagi protokol; O‘zaro anglashuv to‘g‘risida vazirliklararo memorandum; Narkotik vositalar, psixoterapik moddalar va ularning preskurorlarini noqununiy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risida ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida Bitim imzolandi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston biznes tuzilmalari vakillari tomonidan dori vositalari va tibbiy jihozlar, “tez yordam” avtomobillari, bug‘doy, elektrmaishiy texnikasi yetkazib berish bo‘yicha umumiy qiymati 49.3 mln. AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan o‘zaro manfaatli shartnomalar imzolandi.
Shuningdek, “O‘zsanoateksport” AJ savdo uyining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Savdo uyi binosida mamlakatimiz tadbirkorlari mahsulotlarining doimiy faoliyat yuritadigan “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” ko‘rgazmasini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.