O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASINING VASHINGTONDAGI UCHRASHUVLARIGA DOIR
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
2016-yilning 19-21-yanvar kunlari O‘zbekiston-AQSh siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundida ishtirok etish maqsadida Vashington shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy Osiyo bo‘yicha katta direktori Piter Lavoy, davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Tomas Shennon, energetika vaziri o‘rinbosari Elizabet Shervud-Rendal hamda davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Nisha Desai Bisval bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida turli sohalardagi munosabatlarning hozirgi holati aloqalarni har tomonlama rivojlantirish istiqbollari nuqtai nazaridan muhokama qilindi hamda ba’zi xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari AQShning qator vazirlik va idoralarida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazdi.