Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

«O’ZBEKISTON - DUNYONING ENG ISTIQBOLLI BOZORLARIDAN BIRI»

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
«O'ZBEKISTON - DUNYONING ENG ISTIQBOLLI BOZORLARIDAN BIRI»

Bugun O’zbekiston makroiqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini namoyish etayotgan, fuqarolarining hayot darajasi izchil o’sib borayotgan, iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy sarmoyalar hajmini oshirayotgan mamlakatlardan sanaladi.

Ma’lumki, dunyoda ularning soni ko’p emas. Bundan tashqari, yurtimizda yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tobora ko’paymoqda. Jahon iqtisodiy forumi reytingiga ko’ra, O’zbekiston 2014 - 2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016 - 2017 yillarda iqtisodiy o’sish prognozlari bo’yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy oldi.

O’zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasida bo’lib o’tgan brifing chog’ida ana shunday voqyeliklar haqida atroflicha fikr yuritildi.

Tadbirda Jarubiy Koreya parlamenti va hukumatining a’zolari, yirik firma va kompaniyalarning vakillari ishtirok etdilar.

Qayd etilganidek, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini modernizatsiyalashga yo’naltirilgan tizimli islohotlarning hayotga tadbiq etilayotgani, mahalliy va xorijiy biznesmenlar faoliyati uchun qulay sharoitlarning yaratilgani, ishlab chiqarish va transport-kommunikatsiya infratuzilmalarining takomillashgani respublikamizning izchil taraqqiy etishida asosiy omillardan bo’lmoqda.

Tadbir qatnashchilarning e’tibori iqtisodiyotda davlat ishtirokini izchil qisqartirish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlarning natijalariga qaratilar ekan, mamlakatimizda davlat aktivlarini xususiylashtirish, avvalo, chet ellik investorlarga sotish vazifalari qo’yilgani, buning uchun tegishli sharoitlar yaratilgani, salmoqli hajmdagi mulk kompleksi tanlov asosida, investitsiya kiritish sharti bilan «nol» qiymatida yangi mulkdorlarga sotilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari bilan o’zaro munosabatlarda tadbirkorlar huquqlarining ustuvorligi tamoyili joriy etilgani, tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil qilishni soddalashtirish va ularning faoliyat yuritishini yengillashtirish bilan bog’liq ko’pgina me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tegishli o’zgartish va qo’shimchalar kiritilgani ham alohida ta’kidlandi.

Tadbirda so’zga chiqqan Koreya yuqori salohiyatli korxonalar assotsiatsiyasining loyihalar menejeri Dji Xi Yun O’zbekistonda xorijlik sarmoyadorlar uchun qulay sharoitlar yaratilganini e’tirof etdi.

Uning aytishicha, bunday yaxshi sharoitning mavjudligi Janubiy Koreya biznesmenlari dunyoning eng istiqbolli bozorlaridan biri - O’zbekiston bozorida o’z ishtirokini yanada kengaytirishlari, yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va so’ngra ularni Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa mamlakatlarga eksport qilishi uchun ajoyib imkoniyatlarni yaratadi.

Dji Xi Yun O’zbekiston o’z oldiga 2030 yilga borib mamlakatda yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 2 barobar oshirish vazifasini qo’yganiga e’tibor qaratdi. Uning ishonch bildirishicha, yalpi ichki mahsulot hajmining, sanoat va qishloq xo’jaligining barqaror o’sishi uchun baquvvat poydevorning borligi bois, shuningdek, muvofiqlashgan bank-moliya tizimining mavjudligi tufayli O’zbekiston bu maqsadiga erishadi.

Koreya Importyorlar assotsiatsiyasi departamentining direktori Kang Sung Xun global iqtisodiyotda ko’pgina eksport tovarlari narxlari hamda sanoat o’sishi sur’atlarining pasayishi, inflyatsiya darajasining yuqoriligi bilan bog’liq qator qiyinchiliklar hamon saqlanib turganini aytdi.

— Shunday sharoitlarda O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy sohada erishgan muvaffaqiyatlar, respublikaning sanoati rivojlangan iqtisodiyotni barpo etish yo’lida ishonch bilan harakatlanayotgani Janubiy Koreya ishbilarmonlari hamjamiyatida mamlakatga bo’lgan katta qiziqishni yanada kuchaytiradi, - deya bayonot berdi u. - Biz respublikadan “Made in Uzbekistan” yorlig’i tushirilgan mahsulotlar importining hajmlarini yanada oshirishni mo’ljallayapmiz, chunki ular bahosining maqbulligi va yuqori darajadagi sifatga ega ekanligi bilan ajralib turadi.

“Jahon” AA, Seul