Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON EKOLOGIK HARAKATINING 2016-YILGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON EKOLOGIK HARAKATINING 2016-YILGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi a’zolari, vazirlik va idoralar, nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi raisi A.Saidov komissiya tarkibiga kiritilgan o‘zgarishlar, o‘tkaziladigan tanlovlar xususida ma’lumot berdi.

Kun tartibidagi asosiy masala – O‘zbekiston Ekologik harakati va Ekoharakatning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatlar guruhining 2016-yildagi faoliyati yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston Ekologik harakati markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi B.Alixonovning hisobоti eshitildi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda ekologik qonunchilik ijrosini kuchaytirish, atrof-muhitni muhofazalash, bu borada qabul qilingan davlat dasturlarini hayotga izchil tatbiq etish, ekologik ta’limni takomillashtirish, xalqimiz sog‘lom va uzoq umr kechirishi uchun qulay ekologik muhit yaratishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli vazifalarni hayotga tatbiq etish jamoat tuzilmalari zimmasiga alohida mas’uliyat yuklamoqda. O‘zbekiston Ekologik harakati bu borada davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirayotir.

Xususan, «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari faoliyatini tashkil etish va yo‘lga qo‘yish borasida davlat, nodavlat tashkilotlar mutaxassislariga uslubiy yordam ko‘rsatildi, xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator loyihalar hayotga tatbiq etildi. Atrof-muhit muhofazasini ta’minlash va ekologik muhitni sog‘lomlashtirishda jamoatchilikning faolligini oshirishga yo‘naltirilgan to‘rt yuzga yaqin tadbir tashkil qilindi.

Barqaror rivojlanishga erishishda xalqaro aloqalarni kengaytirish, ekologik ta’limni takomillashtirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologiya va tibbiyot yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Tabiatni muhofazalashga yo‘naltirilgan tadbirlarda keng aholi, ayniqsa, yoshlarning faolligini ta’minlash, ekologik barqarorlikka yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy loyihalarni kengaytirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlashda qonunlarning ijrosini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Hisobоt davrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ekoharakat deputatlar guruhi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tomonidan to‘qqizta qonun hujjati ustida ish olib borildi. «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi hamda «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi.

Deputatlarning joylarda saylovchilar va keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlari ham o‘z samarasini bermoqda. Fuqarolardan tushgan ikki yuz oltmishdan ziyod ariza va murojaat ko‘rib chiqilgan. Tabiatni muhofazalash maqsadlariga ajratilgan mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash, bu borada davlat tashkilotlari va jamoatchilikning faolligini oshirish yuzasidan yuzdan ziyod tadbir uyushtirilgan.

Aholining murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirishda Ekoharakat huzurida "ishonch telefoni" tashkil etilgani ayni muddao bo‘lmoqda. Maishiy chiqindilarning belgilanmagan joylarga tashlanishi, sanoat oqovalarining hududni ifloslantirayotgani, daraxtlarning noqonuniy kesilishi, suvdan noratsional foydalanish kabi masalalar o‘tgan yili mazkur tarmoq orqali qilingan murojaatlarning asosiy mavzusini tashkil etdi. Bu holatlarni atroflicha o‘rganish maqsadida joylarda yuzdan ko‘proq tadbir va aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida bu borada tadbirlarni yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Ekologik harakati va uning hududiy bo‘limlarida «Fuqarolar qabulxonalari» tashkil etildi.

Tadbirda Ekoharakat tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada kengaytirish, xususan, mazkur jamoat tuzilmasining hududiy bo‘limlari faoliyatini kuchaytirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, joylardagi ekologik muammolarning samarali yechimini topishda Ekoharakatning hududiy bo‘limlari imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish lozimligi ta’kidlandi.

O’zA