“O’ZBEKISTON ERISHGAN MUVAFFAQIYATLAR CHUQUR O’YLANGAN MILLIY TARAQQIYOT STRATEGIYASINING NATIJALARI HISOBLANADI”
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Mamlakatimiz Mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan O’zbekiston xalqiga bildirilgan tabriknomalarning kelishi hamon davom etmoqda.
Quyida Germaniya Federativ Respublikasi ishbilarmon va ilmiy-akademik doiralari vakillari tomonidan yo’llangan samimiy qutlovlar o’z ifodasini topgan.
Yan-Xendrik Mor, Germaniya - O’zbekiston ishbilarmonlik Kengashi hamraisi, “CLAAS” kompaniyasi boshqaruvining a’zosi:
— Men hozirgi paytda GFR va O’zbekiston o’rtasidagi o’zaro hamkorlik munosabatlari barcha yo’nalishlarda, shu jumladan, iqtisodiyot sohasida ham faol rivojlanib borayotganidan juda mamnunman. Joriy yilda Germaniya - O’zbekiston ishbilarmonlik Kengashining tuzilgani o’zaro manfaatli aloqalarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan har ikki mamlakat ishbilarmon doiralari birdek qiziqishni namoyon qilayotganidan dalolat beradi.
Kompaniyamiz respublikada ko’p yillardan beri faol ish olib bormoqda. Toshkentda samarali faoliyat ko’satayotgan “UzCLAAS Agro” qo’shma korxonamiz o’zbek sheriklar bilan o’zaro hamkorlikda kombayn, traktor va boshqa qishloq xo’jaligi texnikalarini ishlab chiqarmoqda.
Biz yaqin yillar ichida hamkorligimizni yanada kengaytirish niyatidamiz. Xususan, respublikada traktorlar ishlab chiqarishning mahalliylashtirilishini ko’paytirishni rejalashtirmoqdamiz. “UzCLAAS Agro” qo’shma korxonasida ishlab chiqarilgan texnikalar eksportga chiqarilishiga umid qilamiz.
Ushbu fursatdan foydalanib, o’zbek xalqini qutlug’ sana - mamlakat Mustaqilligining 24 yilligi bilan chin dilimdan qutlar ekanman, respublikaning barcha aholisiga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilayman.
Udo Fyolker, «Do’stlik» ordeni sohibi, Germaniya - O’zbekiston ishbilarmonlik Kengashi a’zosi, “CLAAS” kompaniyasining katta maslahatchisi:
— 2015 yil mamlakatlarimiz o’rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikning faollashuvi bilan boshlandi. Bugungi kunda kompaniyamiz ilg’or nemis texnologiyalari va uskunalari bilan O’zbekiston iqtisodiyotining yanada modernizatsiyalashuvida ishtirok etishda noyob imkoniyatga ega ekanligidan mamnunman.
Shuni qayd etish joizki, mustaqil rivojlanish yillari davomida respublikada izchil tizimli islohotlar amalga oshirildi va barqaror iqtisodiy o’sishga erishildi. Bu muvaffaqiyatlar O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov rahbarligida ishlab chiqilgan va hayotga tadbiq etilayotgan chuqur o’ylangan milliy taraqqiyot strategiyasining natijalari hisoblanadi.
Yaratilgan imkoniyatdan foydalangan holda, milliy bayram munosabati bilan barcha o’zbekistonliklarga o’zimning qizg’in qutlovlarimni yo’llashni istar edim. Mamlakat hamisha gullab-yashnayversin, xalqlarimiz o’rtasidagi do’stlik yanada mustahkamlanaversin.
Yorg Roxol, Berlindagi Yevropa menejment va texnologiyalar maktabining (ESMT) prezidenti, professor:
— Joriy yil iyul oyida serquyosh O’zbekiston bo’ylab uch kunlik safarim chog’ida Toshkent va ko’hna Samarqand shaharlarida bo’ldim. Jahon ilm-fani taraqqiyotiga bebaho hissa qo’shgan buyuk avlodlariga ega bo’lgan o’zbek xalqining boy madaniyati va shonli tarixi menda katta taassurot qoldirdi.
Biz respublika bilan ta’lim va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz. Hademay Yevropa menejment va texnologiyalar maktabining (ESMT) Toshkentdagi Oliy biznes maktabi bilan korporativ boshqaruv bo’yicha qo’shma ma’rifiy dasturini amalga oshirish boshlanadi.
Ushbu loyiha doirasida biz korporativ boshqaruvning takomillashishiga ko’maklashishni istaymiz. Bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz yosh mustaqil O’zbekistonning bundan keyingi taraqqiyotiga sezilarli hissa bo’lib qo’shilishiga umid qilamiz.
Men Yevropa menejment va texnologiyalar maktabi jamoasi va shaxsan o’z nomimdan o’zbek do’stlarimizga ushbu muhim bayram munosabati bilan tabriklarimizni yo’llash imkoniyati berilganidan baxtiyorman. Aziz o’zbekistonliklar, bayramingiz muborak bo’lsin!
“Jahon” AA, Berlin