O‘ZBEKISTON-ERON SIYOSIY MASLAHATLASHUVLARIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yilning 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ibrohim Rahimpur boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida O‘zbekiston-Eron vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida turli shakllardagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqboli muhokama qilindi hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Davlatlararo munosabatlarni rivojlantirishda, shuningdek, BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti doirasidagi aloqalarda kuzatilayotgan ijobiy jarayonlarga e’tibor qaratildi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsion aloqalarni chuqurlashtirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston–Turkmaniston–Eron–O‘mon mintaqalararo transport koridorini ishga tushirish alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Muzokaralar chog‘ida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni doimiy asosda o‘tkazish ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalarni tizimli ko‘rib chiqish, hamkorlikning O‘zbekiston va Eron manfaatlariga mos keluvchi yo‘nalishlarini birgalikda ishlab chiqish imkonini berishi e’tirof etildi.
Maslahatlashuvlarda Eron Elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy ishtirok etdi.