Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON – FRANSIYA BIZNES-FORUMI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON – FRANSIYA BIZNES-FORUMI

Toshkent shahridagi Xalqaro hamkorlik markazida 1-iyun kuni O‘zbekiston – Fransiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki mamlakatning sarmoya, savdo, iqtisodiyot, bank-moliya, energetika, axborot texnologiyalari, qishloq va suv xo‘jaligi, geologiya, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, transport va kommunikatsiyalar, logistika, aviasozlik, qurilish kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Azim Ahmadxo‘jayev, Fransiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor va boshqalar O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi hamkorlik ko‘plab sohalarda izchil rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi. “MEDEF International” Fransiya korxonalari harakati delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida tashkil etilgan ushbu anjuman ko‘p tomonlama aloqalarni faollashtirishga, mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlariga kiritilayotgan sarmoya hajmini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Fransiya – O‘zbekistonning muhim savdo sheriklaridan biri. Mamlakatlarimiz makroiqtisodiyot, moliya, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni boshqarish uchun kadrlar tayyorlash yo‘nalishida samarali hamkorlik qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 264,8 million AQSh dollarini tashkil qildi.

Biznes-forumda fransiyalik ishbilarmonlarga mamlakatimiz investitsiyaviy va iqtisodiy sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 31-martdagi farmoni bilan Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashkil qilingani mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlariga investitsiya kiritish hajmini yanada kengaytirishga, sarmoyaviy muhitni takomillashtirishga, xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlari, yetakchi xorijiy kompaniya va bank tuzilmalari bilan investitsiya sohasidagi hamkorlikni faollashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.

– Fransiya O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor bilan qaraydi, – dedi “MEDEF International” Fransiya korxonalari harakatining Fransiya – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi Kristof Fonten. – Biznes-forumda Fransiyaning energetika, aviasozlik, transport, suv xo‘jaligi, qurilish, yuqori texnologiyalar, konsalting kabi sohalarga ixtisoslashgan 22 kompaniyasi vakillari ishtirok etmoqda. Kelgusi uchrashuvlarimizda delegatsiyamiz tarkibiga turizm sohasida faoliyat yurituvchi soha mutaxassislarini ham jalb etish niyatidamiz. Zero, bu sohadagi hamkorlikning ham istiqboli katta. O‘zbekistonda o‘z faoliyatimizni yanada kengaytirish, ikki tomonlama aloqalarni faollashtirishdan manfaatdormiz.

Ikki mamlakat ishbilarmonlari biznes-forum doirasidagi davra suhbatlarida atrof-muhit, suv resurslari va munitsipal xizmatlar, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, transport va logistika, sanoat, energetika hamda qishloq xo‘jaligi kabi sohalarga oid hamkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan kengroq foydalanish masalalarini atroflicha muhokama qildi. O‘zaro manfaatli yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.

O’zA