Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON FUQAROLARINI QANDAY MASALALAR TASHVISHGA SOLMOQDA?

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON FUQAROLARINI QANDAY MASALALAR TASHVISHGA SOLMOQDA?

Tashqi ishlar vazirining vatandoshlarimiz bilan bo‘lajak to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotiga tayyorgarlik to‘g‘risida

Tashqi ishlar vazirining vatandoshlarimiz bilan 2017-yil 5-iyul kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazishi to‘g‘risida TIV internet-resurslarida 2017-yil 8-iyunda e’lon qilingan xabardan so‘ng Vazirlikka Virtual qabulxona, muloqot@tiv.uz elektron manzili, TIVning “Facebook”dagi sahifasi, “Telegram”dagi kanali orqali xatlar kela boshladi.

Kelib tushgan murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, ularning asosiy qismi quyidagi masalalarga tegishli:

— hujjatsiz va moliyaviy ta’minotsiz qolgan xorijdagi fuqarolarimizning vatanga qaytishlari;

— ota-onalari xorijda yashirinib yurgan bolalarni boqish uchun aliment undirish;

— O‘zbekiston hududidan chiqib ketgan ota-onalarni izlash;

— boshqa davlatlarda sudlangan fuqarolarga yordam ko‘rsatish;

— vatandan yiroqda vafot etgan fuqarolar jasadini qaytarish;

— xorijga chiqishda yordam berish;

— O‘zbekiston fuqaroligidan chiqish;

— TIV tizimiga ishga joylashish.

Mamlakatimizning tashqi siyosiy faoliyati bilan bog‘liq masalalar ham anchagina. O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan munosabatlari, jumladan tashqi chegaralar delimitatsiyasi va demarkatsiyasining borishiga oid mavzular ko‘proq qiziqish uyg‘otmoqda.

Barcha murojaatlar ro‘yxatdan o‘tkazilib, Vazirga ma’lum qilinmoqda va uning shaxsiy nazoratiga olinmoqda. O‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgach, fuqarolarga rasmiy javoblar va tegishli izohlar beriladi.

Shuningdek O‘zbekiston terma jamoasining so‘nggi xalqaro o‘yinlari natijalaridan ranjigan futbol muxlislari nomidan tushgan murojaat haqida ham Vazir xabardor qilindi.

TIV 8-iyundagi xabarni batafsil bayon qilib, Vazirning vatandoshlar bilan bo‘lajak muloqoti auditotoriyasini sezilarli kengaytirishga ko‘maklashgan barcha mahalliy va xorijiy OAV vakillariga minnatdorlik izhor etadi va ular bilan samarali hamkorlikni davom ettirishga umid qiladi.

www.mfa.uz