O’ZBEKISTON FUTZAL BO’YICHA OSIYO CHEMPIONATIGA TAYYORGARLIK KO’RMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Futzal bo’yicha O’zbekiston ayollar terma jamoasi Qarshi shahrida o’zining navbatdagi o’quv yig’inini o’tkazdi. Mazkur yig’indan so’ng terma jamoa Toshkentda ikkita nazorat uchrashuvini o’tkazadi.
O’zbekiston Futbol federatsiyasining xabar berishicha, terma jamoamiz Osiyo Chempionati final bosqichida ishtirok etish uchun joriy yilning 17-sentabr kuni Malayziyaga jo’nab ketadi.
Eslatib o’tamiz, Avaz Maqsumov boshchiligidagi O’zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Chempionati “A” guruhidan joy olgan. Unda sportchilarimiz Eron, Malayziya hamda Gonkong terma jamoalariga qarshi maydonga tushadilar.
“Jahon” AA