Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“O’ZBEKISTON - GERMANIYANING MARKAZIY OSIYODAGI MUHIM HAMKORI”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“O'ZBEKISTON - GERMANIYANING MARKAZIY OSIYODAGI MUHIM HAMKORI”

Mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasida O’zbekiston davlat mustaqilligining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tdi. Unda Bundestag deputatlari, GFR federal vazirlik va idoralari, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-akademik va madaniy doiralari, OAV vakillari hamda Berlinda akkreditatsiyadan o’tgan diplomatiya missiyalarining rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbir chog’ida O’zbekistonning mustaqil rivojlanish yillari davomida qo’lga kiritgan ulkan muvqaffaqiyatlari, respublikada barcha sohalarda ro’y berayotgan keng ko’lamli o’zgarishlar haqidagi atroflicha ma’lumotlar tantanali marosim qatnashchilarining e’tiboriga havola qilindi.

Shuningdek, O’zbekiston va Germaniya o’rtasidagi munosabatlarning, jumladan, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarning izchil rivojlanib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

GFR Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkazbo’yi va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha vakili Andreas Peshke barcha o’zbekistonliklarni Mustaqillik bayrami bilan qutlar ekan, mamlakatimiz Markaziy Osiyodagi eng muhim davlat, Germaniyaning mintaqadagi muhim hamkori sanalishini alohida ta’kidladi.

A.Peshke nemis tomoni siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda O’zbekiston - Germaniya hamkorligi yanada mustahkamlanishidan manfaatdor ekanligini aytdi.

Tantanali marosimning boshqa qatnashchilari ham uning fikriga qo’shilgan holda yurtdoshlarimizni ushbu qutlug’ sana munosabati bilan tabrikladilar.

“Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan bo’lib o’tgan suhbat chog’ida huquqshunos ekspert Jaklin Shtiglmayer quyidagi fikr-mulohazalarini bildirdi:

— 2014 yili O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlarda Germaniyadan kuzatuvchi sifatida ajoyib mamlakatingizda bo’lgan edim, - dedi u. - Mazkur muhim siyosiy tadbirda ishtirok etish men uchun katta sharaf bo’lgan edi.

Respublikada kechayotgan jarayonlar va ro’y berayotgan o’zgarishlar haqidagi tasavvurlarimni boyitib, O’zbekistondan ijobiy taassurotlar orttirib qaytdim. Shunisi diqqatga sazovorki, respublikada mustaqil rivojlanish yillari davomida turli sohalarda, jumladan, sud-huquq tizimini takomillashtirish, sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga yo’naltirilgan katta islohotlar hayotga tadbiq etildi.

Sudlar faoliyati sohasida xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan tamoyillari va me’yorlarini milliy qonunchilikka joriy etish, bu yo’nalishda xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan ko’rilgan aniq-ravshan chora-tadbirlar ham yuqori bahoga sazovordir.

Germaniyadagi “Lee Hecht Harrison” kompaniyasining mintaqaviy menejeri Karsten Shpigel ushbu tadbir vositasida o’zining zamonaviy O’zbekistonda kechayotgan o’zgarishlar to’g’risidagi tasavvurlari yanada boyiganini aytdi.

— Kompaniyamiz kichik va o’rta biznes sohasidagi yosh mutaxassislar uchun Germaniyaning turli korxonalarida o’quv dasturlari va malaka oshirishni tayyorlash va o’tkazishga ixtisoslashgan, - dedi u. - Kelajakda Germaniya Federativ Respublikasida yosh o’zbek tadbirkorlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo’yicha qo’shma loyihani amalga oshirishni rejalashirayapmiz. Ushbu fursatdan foydalanib, barcha o’zbekistonliklarni Mustaqillik bayrami bilan chil dildan tabriklayman, mamlakatingizga yanada katta muvaffaqiyatlar va farovonlik tilayman.

Germaniyalik san’atshunos Aksel Porsh O’zbekistonning katta muxlisi va do’sti ekanligini ma’lum qildi.

— Men ajoyib respublikangizda bir necha marotaba bo’lganman, - dedi A.Porsh. - Har safar yurtingizga borgan chog’imda o’zim uchun uning yangi-yangi qirralarini kashf etaman. O’zbekiston tinchlik hamda barqarorlikni, turli millat va elatlar vakillarining birgalikda tinch va hamjihat bo’lib yashash borasida butun dunyoga namuna bo’layotgani barobarida shitob bilan rivojlanayotgani diqqatga molikdir. Bularning barchasi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti asosidagi huquqiy demokratik davlat barpo etish bo’yicha respublika rahbariyati tomonidan tanlangan rivojlanish yo’lining to’g’ri ekanligidan dalolat beradi.

Berlin federal yeri Suzish assotsiatsiyasining vitse-prezidenti Bernxard Kloze respublikamiz hukumatining sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish va ommalashtirishga yo’naltirilgan sa’y-harakatlariga yuqori baho berdi.

Bu sohadagi O’zbekiston - Germaniya hamkorligi haqida to’xtalar ekan, nemis eksperti o’z assotsiatsiyasi uzoq yillardan beri o’zbekistonlik sheriklari bilan yaqin hamkorlik qilayotganini aytdi. O’zbekiston Suzish federatsiyasi bilan yo’lga qo’yilgan yaqin aloqalar ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish uchun asos bo’lmoqda.

Uning aytishicha, o’zbek sport ustalarining yirik xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishayotgani O’zbekistonda jismonan sog’lom va har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashga katta e’tibor qaratilayotganidan yaqqol dalolat beradi.

“Jahon” AA, Berlin