O‘zbekiston – Gruziya siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2019-yilning 7-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Gruziya Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 11-raundi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov va Gruziya Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Aleksandr Xvtisiashvili boshchiligidagi delegatsiyalar ikki tomon kun tartibining dolzarb masalalarini, 2017-yil noyabr oyida Tbilisi shahrida o‘tkazilgan vazirliklar o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yakunlarini muhokama qildi.
Uchrashuvda turli darajalardagi bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlarga, jumladan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi 9-majlisini Toshkent shahrida o‘tkazishga hozirlik ko‘rish doirasida tomonlarning birgalikda ishlashga tayyorligi tasdiqlandi.
Savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikning istiqbollari batafsil ko‘rib chiqildi.
Suhbat chog‘ida o‘zaro savdoni faollashtirish borasidagi aniq takliflar yuzasidan fikr almashildi. Xususan elektrotexnika, kimyo, to‘qimachilik, mashinasozlik, farmatsevtika, qurilish va boshqa sanoat sohalarining turli mahsulotlari hisobiga eksport qilinadigan tovarlarni yetkazib berish nomenklaturasini kengaytirishga tomonlarda qiziqish borligi ta’kidlandi. Shuningdek, qo‘shma korxonalarni tashkil etish, ikki mamlakat hududida savdo vakolatxonalarini va savdo uylarini ochish, sohaviy ko‘rgazma va biznes-forumlar o‘tkazish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish mavzusini muhokama qila turib, tomonlar O‘zbekiston va Gruziya turistik kompaniyalari o‘rtasida tajriba almashishning muhimligini qayd etdi (Gruziya aholisi 3,8 mln. kishini tashkil qilgan holda 2018-yilda mamlakatga 8 mln. turist tashrif buyurgan).
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi (MAK) joriy yilda “Toshkent-Tbilisi-Toshkent” yo‘nalishidagi reysni ochishni rejalashtiriyotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston tomoni Gruziya delegatsiyasi oldiga MAKga taqdim qilinadigan “beshinchi havo erkinligi” to‘g‘risidagi masalani qo‘ydi.
Muzokaralarda Gruziyaning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili Anzor Meladze ishtirok etdi.