“O’ZBEKISTON HAVO YO’LLARI” MILLIY AVIAKOMPANIYASIDA BIRINCHI CHORAK YAKUNLARI KO’RIB CHIQILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“O’zbekiston xavo yo’llari” milliy aviakompaniyasi joriy yilning birinchi choragida 575 mingta yo’lovchiga xizmat ko’rsatdi. Xususan, uzoq xorij yo’nalishlarida 188 ming, MDH yo’nalashida 261 ming yo’lovchi manziliga yetkazib qo’yilgan.
Mahalliy yo’nalishlarda o’tgan yildagiga nisbatan 10 foiz ko’proq - 125 ming yo’lovchiga xizmat ko’rsatildi, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
Yo’lovchilar o’rindiqlarining bandligi 70,97 foizni, tijoriy yuklama esa - 53,58 foizni tashkil qildi. Kompaniya tomonidan jami 5549 reys amalga oshirildi.
“O’zbekiston xavo yo’llari” milliy aviakompaniyasi tijorat faoliyati davomida yangi yo’nalishlar ochilib, ishlab chiqildi va mavjud yo’nalishlar bo’yicha reyslar qatnovi ko’paytirildi. Ayni paytda Toshkent - Minsk - Toshkent yo’nalishi bo’yicha yo’lovchilar qatnovi ochilishi ishlab chiqilmoqda.
Joriy yilda MAK interlayn-sheriklarining yo’nalishlaridan foydalanish orqali yuk tashilmalari yo’lanishlari tarmog’ini kengaytirish ko’zda tutilgan. Shu yilning birinchi choragida 98 ta reys amalga oshirilib, 2,6 ming tonna yuk tashildi.
“Jahon” AA