Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasning Afg‘onistonga tashrifi to‘g‘risida

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasning Afg‘onistonga tashrifi to‘g‘risida

2018-yilning 8-9-iyul kunlari Afg‘oniston Islom Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi Hukumat delegatsiyasi Kabul shahrida Afg‘oniston Hukumati Ijrochi Raisi Abdulla Abdulla, Xavfsizlik kengashi rahbari Muhammad Hanif Atmar, Tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabbani, Afg‘onistonning sobiq Prezidenti Hamid Karzay va boshqa nufuzli jamoatchilik va siyosat arboblari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda Afg‘onistondagi vaziyat hamda tinchlik jarayoni, mamlakatni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha keng milliy birdamlikka erishish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev tomonidan Kabul shahrida Afg‘onistonning qator vazirlik va idoralari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi va o‘zaro manfaatli loyihalarni tadbiq etish, qo‘shma ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlari hamda O‘zbekiston-Afg‘oniston iqtisodiy kun tartibidagi boshqa masalalar muhokama qilindi.

www.mfa.uz