«O’ZBEKISTON IJTIMOIY-SIYOSIY VA IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOTNING BUNDAN HAM YUKSAK CHO’QQILARINI ZABT ETAJAK»
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Ilgari xabar berilganidek, O’zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 24 yillik bayrami arafasida xorijiy ellar jamoatchiligi vakillari mamlakatimiz xalqini ushbu qutlug’ sana munosabati bilan chil dildan tabriklashmoqda.
Ular O’zbekistonning mustaqil rivojlanish yillari davomida qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlariga yuqori baho bermoqdalar. Bu esa mamlakatimiz tanlagan o’z taraqqiyot yo’lining xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganidan hamda jahon hamjamiyatida islohotlarning “o’zbek modeli”ga nisbatan qiziqishning katta ekanligidan dalolat beradi.
Jumladan, Belgiyada nashr etiladigan Diplomatic World jurnalining bosh muharriri Bernadet Reynjens “Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan bo’lib o’tgan muloqot chog’ida quyidagi fikr-mulohazalarini bayon etdi:
— O’zbekiston keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirish yo’lida salmoqli taraqqiyotga erishdi. Tarixan qisqa davr ichida o’zbek xalqi hayotida ulkan ijobiy o’zgarishlar ro’y berdi. Mustaqillik sharofati bilan respublika o’z taraqqiyoti yo’lida nihoyatda katta qadamlarni tashladi. Mamlakatda salmoqli ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar amalga oshirildi, demokratik islohotlar izchillik bilan hayotga tadbiq etilmoqda, jamiyat hayotining barcha sohalarida liberallashuv va medernizatsiyalash jarayonlari davom etmoqda.
Men o’tgan yilning dekabrida mamlakatingizga birinchi marotaba bordim. Shuni qayd etishni istardimki, O’zbekistonda suveren rivojlanish yillari davomida demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lida katta yaratuvchilik ishlari amalga oshirildi.
Mamlakatingiz aholisi bosib o’tilgan 24 yil mobaynida erishilgan muvaffaqiyatlar, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi islohotlarning natijalari hamda institutsional o’zgarishlar bilan haqli ravishda faxrlansa arziydi. Albatta, hali oldinda ko’p ishlar turibdi. Biroq, mamlakatingiz ulkan salohiyatga ega bo’lgani bois respublika bundan-da katta taraqqiyot va farovonlikka erishishiga aslo shubha qilmayman.
O’zbekiston, uning tarixi, boy madaniyati va an’analariga oshufta bo’lib qolganman. Samarqandga safar qilganimda nafaqat o’zbek xalqining, balki butun jahon sivilizatsiyasining faxri hisoblanadigan bu afsonaviy shaharni o’z ko’zim bilan ko’rganimdan katta qoniqish hissini tuydim.
Mamlakatingizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan buyon boy tarixiy merosni o’rganish va qayta tiklash, uni kelgusi avlodlar uchun avaylab asrash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Men yurtingizda bo’lgan kunlarim O’rta asrning buyuk allomalari, jumladan, butun dunyoga mashhur, buyuk olim va mutafakkir Mirzo Ulug’bek yashab ijod qilgan yurt bilan yaqindan tanishganimdan behad quvondim.
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi bayrami arafasida o’zbek xalqiga, shu jumladan, yurtingiz bo’ylab safarim chog’ida tanishishga muyassar bo’lgan do’stlarimga o’zimning eng ezgu tilaklarimni izhor etishni istar edim. O’ylaymanki, O’zbekiston ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning bundan ham yuksak cho’qqilarini zabt etajak.
“Jahon” AA, Bryussel