O’ZBEKISTON “INTERNATIONAL MEDITERRANEAN TOURISM MARKET - 2017” XALQARO KO’RGAZMASIDA
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Tel-Avivda “International Mediterranean Tourism Market - 2017” Xalqaro sayyohlik ko’rgazmasi o’z ishini yakunladi. Mazkur xalqaro tadbir Sharqiy O’rta yer dengizi hududidagi eng yirik sayyohlik anjumani hisoblanadi. Joriy yili ushbu ko’rgazmada dunyoning 60 dan ziyod mamlakati, jumladan, O’zbekiston vakillari ishtirok etdilar.
Mamlakatimizning go’zal tabiati, ko’hna shaharlari va ular bag’rida joylashgan yodgorliklari haqida atroflicha tasavvur beradigan mamlakatimiz bo’lmasi ishi bilan 4 mingdan ziyod kishi tanishdi. Ular orasida isroillik turoperatorlardan tashqari, Amerika Qo’shma Shtatlari, Turkiya, Vengriya, Chexiya, Italiya, Sloveniya, Malta, Hindiston, Litva, Moldova, Qozog’iston, Rossiya, Xorvatiya, Estoniya va Finliyandiya sayyohlik agentliklarining vakillari bor edi.
“International Mediterranean Tourism Market - 2017” ko’rgazmasi doirasida mamlakatimizda faoliyat ko’rsatadigan “Dolores Travel” kompaniyasi yetakchi sayyohlik kompaniyalari va ommaviy axborot vositalari uchun O’zbekiston sayyohlik salohiyatining taqdimotini o’tkazdi. Unda Isroil Sayyohlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi federatsiyasi, mamlakat biznes hamjamiyati va jamoatchilik tashkilotlarining vakillari taklif etilgan mehmonlar sifatida ishtirok etdilar.
Taqdimot qatnashchilari mamlakatimiz sayyohlik industriyasi imkoniyatlari, mehmondo’st o’zbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish, noyob me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, O’zbekistonda dam olishning afzalliklari bilan bog’liq ma’lumotlarga alohida e’tibor qaratildi.
Marosim intihosida uning ayrim ishtirokchilari taqdimot haqidagi o’z fikr-mulohazalarini o’rtoqlashdilar.
“Hilel Tours” sayyohlik agentligi prezidenti P.Gingsburg Isroil uchun alohida voqea hisoblanadigan “International Mediterranean Tourism Market - 2017” ko’rgazmasida O’zbekiston vakillari qatnashganidan mamnun bo’lganini aytdi.
— O’zbekiston sayyohlik salohiyatining taqdimoti bizda O’zbekistonda bugun mavjud bo’lgan turindustriya infratuzilmasi haqida keng tasavvur uyg’otdi, - dedi u. - Isroil sayyohlik kompaniyalari o’zbek sheriklar bilan o’zaro naf keltiradigan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdordir. Isroillik sayyohlar, ayniqsa, keksa yoshdagilar bilim orttirishga xizmat qiladigan sayyohlikni afzal ko’rishadi. Shu nuqtai nazardan, O’zbekiston Buyuk Ipak yo’lining jozibali o’lkasi hisoblanadi. Noyob ma’naviy-madaniy merosga hamda tarixiy shaharlarga ega bo’lgan O’zbekiston bo’ylab sayyohlik Isroilda tobora ommaviylashib bormoqda.
Isroil Savdo-sanoat palatasi federatsiyasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik uchun mas’ul xodimi L.Shumaxer ushbu taqdimot marosimi o’zbek xalqining boy madaniyati va ko’p asrlik an’analari bilan yaqindan tanishish uchun qulay imkoniyat yaratib berganini aytdi.
— O’zbekistonda o’lkaning sayyohlik imkoniyatlarini ilgari surish yuzasidan hayotga tadbiq etilayotgan chora-tadbirlar o’z samaralarini bermoqda, - dedi u. - Savdo-sanoat palatamizning ko’pgina a’zolari ham “International Mediterranean Tourism Market - 2017” ko’rgazmasida O’zbekiston bo’linmasiga katta qiziqish bildirishdi.
“Jahon” AA, Tel-Aviv