O’ZBEKISTON “ITMA-2015” XALQARO KO’RGAZMASIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Shu kunlarda Italiyaning Milan shahrida dunyoning eng yirik eng zamonaviy to’qimachilik uskunalari ko’rgazmalaridan biri - “ITMA-2015” xalqaro ko’rgazmasi ochildi. Tadbir Xalqaro to’qimachilar federatsiyasi (ITMF) va Yevropa to’qimachilik mashinalari hamda asbob-uskunalari ishlab chiqaruvchilari uyushmasi (CEMATEX) tomonidan tashkil etildi.
To’rt yilda bir marotaba o’tkaziladigan mazkur ko’rgazma ilk bor 1951-yilda tomoshabinlar va qatnashchilarga o’z eshiklarini ochdi. “ITMA” mashinalar va texnologiyalar bilan bog’liq bo’lgan 17 bo’limdan iborat.
Mazkur xalqaro ko’rgazmaga doimiy tashrif buyuruvchi to’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shug’illanadigan yuqori malakali mutaxassislar va menejerlar sonining o’zi 150 mingdan oshadi.
Bu yili “ITMA-2015” xalqaro ko’rgazmasida O’zbekiston nomidan mamlakatimiz to’qimachilik korxonalarining 60 nafardan ziyod rahbar va mutaxassislaridan iborat yirik delegatsiya ishtirok etmoqda. Ko’rgazma doirasida “O’zbekengilsanoat” aksionerlik jamiyati bilan Italiya To’qimachilik asbob-uskunalari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi (ACIMIT) o’rtasida o’zaro hamkorlik to’g’risidagi protokolning imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek, ko’rgazma chog’ida O’zbekiston to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalari va ularning mahsulotlari taqdimoti bo’lib o’tadi.
Ma’lumki, kelgusida paxta tolasini qayta ishlash hajmini oshirish bilan bir qatorda to’qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish va yuqori qo’shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish O’zbekistonda davlat siyosatining ustivor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu yo’nalishda doimiy izlanish olib borish va dunyo bozorida munosib o’rin egallash uchun yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, dizayn masalasiga alohida e’tibor qaratish, eng asosiysi, dunyo bozorida o’zimizning brendimizni yaratishimiz lozim.
Italiya ishbilarmon doira vakillari O’zbekistonda mazkur yo’nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan yaxshi xabardor. Joriy yilning oktyabr oyida Toshkentda bo’lib o’tgan XI Xalqaro O’zbekiston paxta va to’qimachilik yarmarkasi yakunlariga bag’ishlangan maqolalar Italiyadagi qator nufuzli nashrlarda chop etildi. Ularda xozirda mamlakatimizda zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish orqali paxtani qayta ishovchi korxonalarni modernizatsiya qilish jarayonini davom ettirish bilan birga yangi korxonalar ishga tushirilayotgani alohida ta’kidlab o’tilgan.
“Jahon” AA, Milan