Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON – JANUBIY KOREYA BIZNES-FORUMI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON – JANUBIY KOREYA BIZNES-FORUMI

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 23-noyabr kuni O‘zbekiston va Koreya Respublikasi ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan mazkur tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, sarmoya, neft-gaz, geologiya va mineral resurslar, qurilish materiallari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, oziq-ovqat va kimyo sanoati, farmatsevtika, transport va transport kommunikatsiyalari, logistika, axborot texnologiyalari, elektrotexnika, kommunal xizmat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri o‘rinbosari Shavkat To‘laganov, Koreya Respublikasi savdo, sanoat va energetika vaziri o‘rinbosari U Te Xi, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Li Uk Xon mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar asosida barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Xususan, Prezidentimiz Islom Karimovning joriy yilning may oyida Koreya Respublikasiga davlat tashrifi ikki tomonlama aloqalarni yanada yuqori bosqichga olib chiqdi.

Koreya Respublikasi O‘zbekistonning ishonchli va uzoq muddatli strategik hamkorlaridan. Ikki davlat o‘rtasida savdo aloqalari borasida eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan. Mamlakatlarimiz o‘rtasida imzolangan savdo, investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish, daromadlarning ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilishga oid bitimlar savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga xizmat qilmoqda.

O‘zbekistonning barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyoti, qulay jo‘g‘rofiy joylashuvi, zamonaviy transport kommunikatsiyalari, sarmoya jalb etish bo‘yicha puxta va ishonchli strategiyasi ko‘plab davlatlar qatori Koreya Respublikasi ishbilarmonlarining ham hamkorlikka qiziqishini oshirmoqda. O‘zbekistonda Koreya Respublikasining 72 yetakchi firma va kompaniyasi vakolatxonasi, ushbu mamlakat sarmoyadorlari ishtirokida tuzilgan 439 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular neft-gaz, neft-kimyo, tog‘-kon metallurgiyasi, mashinasozlik, savdo, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, sog‘liqni saqlash, elektr texnikasi kabi qator sohalarda ish yuritadi. 2014-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard AQSh dollarini, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 1,2 milliard dollarni tashkil etdi.

Forumda O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mamlakatlarimiz ulkan salohiyatga ega ekani alohida qayd etildi.

– O‘zbekiston Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyodagi asosiy sherigi va strategik hamkoridir, – dedi Koreya Respublikasi savdo, sanoat va energetika vaziri o‘rinbosari U Te Xi, – Prezident Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasida O‘zbekiston iqtisodiyoti izchil va barqaror rivojlanmoqda. So‘nggi o‘n bir yil davomida O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulot o‘sishi 8 foizdan oshayotgani buning yaqqol dalilidir. Janubiy Koreya kompaniyalari bu yerda turli sohalarda o‘z biznesini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Ushbu biznes-forum ikki tomonlama faol savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash imkonini beradi.

Davlatimiz rahbari farmoyishiga muvofiq 5-6-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsiyaviy forumda Koreya Respublikasining yuzdan ortiq kompaniyalaridan 170 dan ziyod vakil ishtirok etdi. Forum doirasida janubiy koreyalik biznesmenlar bilan qiymati 1,1 milliard AQSh dollariga teng shartnomalar imzolandi.

Biznes-forumda mamlakatimizning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati, neft-kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika kabi sohalardagi imkoniyatlari xususida so‘z yuritildi. Koreya Respublikasi ishbilarmonlari mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish kafolatlari, “Navoiy”, “Jizzax” va “Angren” industrial zonalaridagi katta qulaylik va imtiyozlar bilan atroflicha tanishtirildi.

Koreya Respublikasining qirqqa yaqin kompaniyasi vakillari ishtirok etgan ushbu anjumanda ikki mamlakatning iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi. Savdo, iqtisodiyot, sanoat, mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, kimyo, farmatsevtika va qurilish kabi sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, Koreya Respublikasi kompaniyalarini mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayoniga yanada keng jalb etishga oid masalalar muhokama qilindi.

– Kompaniyamiz qurilish sohasi uchun zarur bo‘lgan sendvich panellari va avtomobilsozlik uchun mo‘ljallangan izolatsiya materiallari ishlab chiqaradi, – dedi “Dali Trade” kompaniyasi prezidenti Li Sang Kyu (Koreya Respublikasi). – Anjuman doirasida O‘zbekistonning turli sohalardagi ulkan salohiyati haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldik. Biz O‘zbekistonning istiqbolli bozorini chuqurroq o‘rganib, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatidamiz.

Shu kuni O‘zbekistonning qator kompaniya va korxonalari hamda Koreya Respublikasi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida kooperatsion birja bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat tadbirkorlari o‘zaro manfaatli va istiqbolli loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan fikrlashib oldi.

O‘zA