O’ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING YURIDIK KLINIKASI OCHILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi huzurida Yuridik klinika tashkil etildi, deb xabar beradi O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining matbuot xizmati xabar berdi.
Bu huquqiy himoya sohasining yangicha ko’rinishi hisoblanib, o’zida huquqiy himoya va xuquqiy ta’lim amaliyotini mujassamlashtiradi.
Yuridik klinikani tashkil etishdan ko’zlangan asosiy maqsad ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi huquqini himoya qilish hamda ularga bepul yuridik xizmat ko’rsatishdir.
Yuridik klinika faoliyatiga yuridik sohada tahsil olayotgan 30 nafar yosh volonterlar jalb etilgan bo’lib, ulardan 23 nafari oliy ta’lim muassasalari talabalari va 7 nafari kasb-hunar kolleji va akademik litsey o’quvchilaridir.
Shuningdek, klinikaga 15 nafar kasaba uyushma faollaridan iborat murabbiylar, 41 nafar amaliyotchilar, oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari va taniqli olimlar ekspert tariqasida jalb etilgan.
Xizmatlar maslahat va xulosalar berish, yuridik hujjatlarni tuzishga ko’mak ko’rsatish shaklida amalga oshiriladi.
«Jahon» AA