«O‘ZBEKISTON: KASHF ETILGAN YANGILIKLAR»
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Xorijiy telekanal tomonidan shu nomli hujjatli film suratga olinmoqda.
Yurtimizda yashab o‘tgan allomalarning boy ma’naviy merosi, xalqimiz azaliy urf-odat va an’analari hamisha jahon ahlining hayratiga sabab bo‘lib kelgan. Bobokalonlarimizning tibbiyot, astronomiya, fiqh, tarbiya borasidagi boy bilim va noyob iste’dodi, harb san’atidagi mahorati bugun ham keng tadqiq etilib, jiddiy o‘rganilmoqda.
Shu ma’noda, Rossiyaning “Kultura” telekanali tomonidan “O‘zbekiston: kashf etilgan yangiliklar” nomli bir soatlik hujjatli film suratga olinayotganligi quvonarlidir.
U O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda “Karavan-TV” hamkorligida tasvirga tushirilayapti. Filmda O‘zbekistonning azaliy urf-odat va an’analari bilan hamohang ravishda jadal rivojlanayotgani haqida hikoya qilinadi. Bugun o‘tmish hamda zamonaviylikning o‘zaro uyg‘unligini har qadamda kuzatish mumkin. Xususan, Toshkentda muqaddas islom dinining asl qadriyatlarini yanada to‘la anglashga xizmat qiladigan Islom madaniyati markazi tashkil etilmoqda. Samarqandda islom olami olim va mutafakkirlarining merosini o‘rganadigan Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ochiladi. Buxorodagi 1536 yilda barpo etilgan qadimiy “Mir Arab” madrasasida ilmu toliblar uchun zamonaviy talablarga javob beradigan sharoitlar yaratilmoqda.
Film prodyuseri Firdavs Abduxoliqovning ta’kidlashicha, bu O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining Rossiya telekompaniyalari bilan navbatdagi qo‘shma loyihasidir. U Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligiga munosib tuhfa bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz va boshqa shaharlarda suratga olinayotgan filmda noyob kino hamda fotohujjatlar, arxiv kadrlari, shaxsiy arxiv materiallaridan foydalaniladi. Shuningdek, mashhur me’morlar, olimlar, tarixchi va xattotlar, mamlakatimizning turli hududlarida istiqomat qiladigan oddiy odamlar bilan suhbatlar uyushtirilishi ham ko‘zda tutilgan.