Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI MAMLAKATNING UZOQ MUDDATGA MO’LJALLANGAN TARAQQIYOT YO’NALISHINI ANIQ-RAVSHAN BELGILAB BERGAN”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI MAMLAKATNING UZOQ MUDDATGA MO'LJALLANGAN TARAQQIYOT YO'NALISHINI ANIQ-RAVSHAN BELGILAB BERGAN”

Bugun mamlakatimiz xalqi qutlug’ sana - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligi bayrami arafasida turibdi.

Shuning munosabati bilan xorijiy mamlakatlar davlat arboblari, ilmiy-akademik va ishbilarmon doiralarining vakillari “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyulari chog’ida davlatimiz va jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida yuz bergan tub yangilanishlarda mamlakatimiz Asosiy qonunining tutgan o’rni va ahamiyati haqidagi o’z fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Sergey Lebedev, MDH ijroiya qo’mitasining raisi - Ijrochi kotibi:

— O’zbekistonning Asosiy qonuni davlat va xalqning yuksak manfaatlaridan kelib chiqqan holda, tinchlik, xavfsizlik va farovonlik yo’lida mamlakatning uzoq muddatga mo’ljallangan taraqqiyot yo’nalishini aniq-ravshan belgilab berdi. Bu jarayonda shunisi e’tiborga molikki, 2010 yili Prezident Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab bergani holda Konstitutsiyaning asosiy me’yorlarini amalga oshirish doirasidagi demokratik o’zgarishlarning mantiqiy bardavomligi strategiyasini belgilab berdi.

Konsepsiyada o’z aksini topgan qonunchilik tashabbuslari asosida kiritilgan o’zgartishlar konstitutsiyaviy hokimiyat tarmoqlari va uning asosiy sub’yektlari - Prezident, parlament, hukumat hamda sud organlari o’rtasida vakolatlar bo’linishini yanada rivojlantirish va hayotga tadbiq etish imkonini ta’minladi. Bu davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning o’rni va ahamiyatini oshirdi, davlatning ichki va tashqi siyosatini shakllantirishda oliy qonunchilik organining pozitsiyasi va imkoniyatlarini kuchaytirdi. Qonunchilik palatasida eng ko’p deputatlik o’rnini egallagan siyosiy partiyalardan mamlakat Bosh vaziri lavozimiga nomzod ko’rsatish singari muhim institutlar joriy etildi. Konstitutsiyada mustahkamlangan parlamentning hukumatga ishonchsizlik votumini bildirish huquqi va boshqa qator me’yorlar hokimiyatning barcha tarmoqlarining tenghuquqliligi va muvozanatini ta’minlaydi.

Valerius Simulik, Litva Respublikasi Seymi deputati:

— Biz mamlakatingizda inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash bo’yicha ko’rilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlarni yuqori baholaymiz. Ularning natijalari allaqachon aholi farovonligi va turmushi sifatining sezilarli darajada yuksalishiga, mamlakatning xalqaro obro’-e’tibori oshishiga olib keldi. Shubha yo’qki, mamlakat Konstitutsiyasi bu vazifalarning hayotga tadbiq etilishi uchun asos bo’lib xizmat qilmoqdaki, mazkur muhim hujjatda inson, uning hayoti, erkinligi, or-nomusi va qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida belgilangan. Shu bilan birga, unda huquqiy demokratik davlat barpo etishga sodiqlik ham muhrlab qo’yilgani jahon hamjamiyati tomonidan yuqori baholanmoqda.

Litva Seymi va Markaziy saylov komissiyasining vakillari 2014 yilning dekabrida hamda joriy yilning mart oyida O’zbekistonda xalqaro andozalarning barchasiga barcha muvofiq ravishda o’tgan parlament va Prezident saylovlari chog’ida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishib, yangi kiritilgan konstitutsiyaviy me’yorlarning amaliy jihatdan hayotga tadbiq etilayotganini o’z ko’zlari bilan ko’rib ishonch hosil qildilar.

“Jahon” AA