Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

"O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIGA 25 YIL" ESDALIK NISHONLARI TOPSHIRILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
"O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIGA 25 YIL" ESDALIK NISHONLARI TOPSHIRILDI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 29-noyabrdagi farmoyishiga binoan Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan, Bosh qomusimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish ishiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimiz "O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil" esdalik nishonlari bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida bir guruh senatorlar, Senat devoni xodimlari, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Markaziy saylov komissiyasi va Sudyalar oliy kengashi rahbarlariga mazkur esdalik nishonlari tantanali topshirildi.

– Xalqimizga xos adolat, mehr-oqibat, insonparvarlik tamoyillari Konstitutsiyamizda o‘z ifodasini topib, hayotimizning bosh mezoniga aylandi, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev. – Inson huquqlari va manfaatlari himoyasini ta’minlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan jamiyatda adolatni to‘kis qaror toptirish, inson huquqlari va manfaatlari ro‘yobini ta’minlash borasidagi islohotlar ham Bosh qomusimiz mohiyatiga hamohangdir. Shuningdek, bugungi o‘zgarishlar Konstitutsiyamiz qoidalari faqat so‘zda emas, amalda ro‘yobga chiqayotganining yorqin namoyishidir.

Eng asosiysi, bu jarayonni odamlar o‘zining kundalik hayotida his qilmoqda. E’tirof etish joizki, Prezidentimiz olib borayotgan siyosat xalqimiz orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarmoqda.

Tadbirda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston jahon miqyosidagi dolzarb masalalar muhokama etiladigan, ezgu maqsadlar yo‘lida xalqaro hamjamiyatning boshini qovushtirishga qodir makonga aylanib bormoqda. Xorijiy davlatlar, xususan, qo‘shni mamlakatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik mustahkamlanmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonning nufuzi yuksalib, xalqimiz turmushi farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar keng ko‘lamda jadallik bilan davom etmoqda. Bu jarayonda Konstitutsiyamiz tamoyillari bosh omildir.

Tantanali tadbirda "O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil" esdalik nishoni bilan taqdirlangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi B.Mirboboyev, Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov, Sudyalar oliy kengashi raisi M.Usmonov, senatorlar S.Ortiqova, Q.Sanaqulov, M.Varisova va I.Mirzaaliyev so‘zga chiqib, e’tibor va yuksak ishonch uchun minnatdorlik bildirdi.

www.uza.uz