O’ZBEKISTON “KUWAIT TIMES” GAZETASI SAHIFASIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash, fuqarolarning axborot olish bo’yicha konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish yuzasidan hayotga tadbiq etilayotgan izchil ishlar natijalari “Kuwait Times” gazetasida yaqinda chop etilgan maqolada o’z aksini topdi.
«Respublikada boshqaruv tizimini yanada demokratlashtirish va so’z erkinligini ta’minlashga yo’naltirilgan qator qonunchilik hujjatlari qabul qilingan, deb yozadi nashr. Ommaviy axborot vositalarining samarali faoliyat ko’rsatishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Ularning soni mustaqillik yillari davomida uch baravardan ko’proqqa oshdi. O’zbekiston ommaviy axborot vositalari tom ma’noda mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalash jarayonlarining faol ishtirokchilari bo’lib qoldi».
Mazkur maqolada davlat hokimiyati idoralari va ommaviy axborot vositalari o’rtasida hamkorlikning yo’lga qo’yilishi bo’yicha O’zbekistonda to’plangan ijobiy tajriba haqida atroflicha fikr yuritilgan. “Xususan, barcha darajadagi davlat tizimlarida axborot xizmatlari faoliyat ko’rsatadi, ularning Internet tarmog’ida veb-sahifalari mavjud. O’tkaziladigan matbuot anjumanlari va brifinglar chog’ida jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olishadi”, deya ta’kidlaydi “Kuwait Times”.
Nashr respublikada nufuzli xorijlik mutaxassislar ishtirokida yirik tadbirlar munazam ravishda o’tkazilishiga alohida e’tibor qaratgan. “Ularda matbuot, so’z va axborot erkinligini ta’mish sohasidagi O’zbekistonning va xorijiy mamlakatlarning tajribalari muhokama etiladi. Ana shunday anjumanlardan biri - “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi - axborot olishda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqi ta’minlanishining muhim kafolati: O’zbekiston tajribasi” mavzusiga bag’ishlangan xalqaro konferensiya joriy yilning sentyabrida Samarqandda bo’lib o’tdi”, deb yozadi gazeta.
Shuning munosabati bilan mazkur konferensiya ishtirokchilaridan biri - Buyuk Britaniyaning London universiteti o’qituvchisi Devid Goldbergning davlat organlari faoliyatining ochiq va oshkoraligi ular haqidagi ma’lumot, axborotlarni erkin olish va tarqatishda namoyon bo’lishi haqidagi fikri gazeta o’quvchilari e’tiboriga havola qilingan.
— Bu vazifani bajarishni ommaviy axborot vositalari faoliyatisiz tasavvur qilib bo’lmaydi, - deydi britaniyalik mutaxassis. - Shu sababli bugungi kunda dunyodagi har bir demokratik davlat mamlakatda ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat ko’rsatishi, axborot va so’z erkinligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Bu borada O’zbekistonda ham ko’plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xalqaro normalarga mos qonun va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilinayotgani O’zbekistonda axborot sohasi izchil rivojlanishida muhim omil bo’lmoqda.
“Jahon” AA, Al-Quvayt