O’ZBEKISTON “KUWAIT TIMES” HAFTANOMASI SAHIFALARIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimizning suveren rivojlanish yillari davomidagi taraqqiyoti, O’zbekiston va Quvayt o’rtasidagi do’stona munosabatlar hamda o’zbek xalqining boy ma’naviy-madaniy merosi mavzulari “Kuwait Times” haftalik gazetasining navbatdagi soni sahifasidan joy oldi.
Haftanomada e’lon qilingan maqolada mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlaboq mamlakatimiz o’z rivojlanish yo’lini, ya’ni ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti asosidagi demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishga yo’naltirilgan islohotlar yo’lini tanlab olgani qayd etiladi.
Unda mamlakatimizdagi sanoatni diversifikatsiyalash, yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish tarmoqlarini yaratish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng qo’llanish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga yo’naltirilgan tizimli o’zgarishlarga yuqori baho berilgan.
Ta’kidlanganidek, ana shunday chora-tadbirlar tufayli o’sishning barqaror yuqori sur’atlari hamda iqtisodiyotning makroiqtisodiy barqarorligi, ish bilan bandlikni va aholining hayot darajasini oshirish ta’minlanmoqda.
Mazkur maqolada O’zbekiston - Quvayt hamkorligining tarixi va rivojlanishiga ham alohida e’tibor qaratilgan.
“2014 yili ikki mamlakat diplomatiya munosabatlari o’rnatilganining 20 yilligini nishonladi. Bu davr ichida siyosiy muloqot, parlamentlararo hamkorlik, savdo-iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy-ma’rifiy va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, sport, me’morchilik yodgorliklarini asrash va qayta tiklash jabhalaridagi aloqalar faol rivojlandi”, deb yozadi nashr.
Shuningdek, mamlakatimizning tarixiy-madaniy va ma’naviy merosi, Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlaridagi me’moriy yodgorliklar va diqqatga sazovor maskanlar, o’zbek faylasuflari, olim va mutafakkirlarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan ulkan hissalari haqida ham atroflicha fikr yuritilgan.
«Jahon» AA, Al-Quvayt